Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 3-sinfi uchun matematika fanidan o’quv dasturi

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi tomonidan tayyorlangan bo'lib, ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining 3-sinfi uchun matematika fanidan o'quv dasturini o'z ichiga oladi. Dastur "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tuzilgan bo'lib, o'quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan. Kitobda o'quv soatlarining taqsimoti, o'quv dasturi materiali va baholash mezonlari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Yuzlik: Ikki xonali sonlarni qo'shish va ayirish, qavsli ifodalar, qo'shishning guruhlash qonuni, sondan yig'indini ayirish, sondan ayirmani ayirish, ko'paytirish va bo'lish orasidagi bog'lanish, 0 va 1 sonlari ishtirokida ko'paytirish, ko'paytuvchilarning o'rinlarini almashtirish xossasi, ko'paytirish va bo'lish jadvallari, sonning qismini topish, berilgan uzunlikda kesma chizish, to'g'ri to'rtburchakning perimetri va yuzi.
  • Jadvaldan tashqari koʻpaytirish va boʻlish: 20.3, 3. 20 va 60 : 3, 100 : 2 koʻrinishdagi ifodalar, 90 : 30 koʻrinishdagi ifodalar, Yig'indini songa, sonni yigʻindiga koʻpaytirish, 23.4, 4. 23 koʻrinishdagi ifodalar, Harfli ifodalarning son qiymatini topish, Yig'indini songa boʻlish. 39 : 3,42 : 3,72 : 4 koʻrinishdagi ifodalar, Ko'paytirish va boʻlishni tekshirish, Ikki xonali sonni ikki xonali songa boʻlish, Qoldiqli boʻlish. Qoldiqli boʻlishni tekshirish, Uch va undan ortiq koʻpaytuvchilarni koʻpaytirish, Oʻrganilgan turdagi 1-3 amalli masalalarni yechish, Ayirmali va karrali taqqoslashga doir tarkibli masalalarni yechish, 100 ichida sonlarni ogʻzaki qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish, Toʻplam, Toʻplamning elementi. ∈ va & belgilari, Bo'sh toʻplam va uning belgisi Ø, Qism toʻplam. < va belgilari, Toʻplamga doir masalalar yechish, Ulushlar va kasrlar, Bo'linmani kasr ko'rinishda ifodalash.
  • Minglik: Uch xonali sonlarni raqamlash, Uch xonali sonlarni birliklar, oʻnliklar va yuzliklar yigʻindisi koʻrinishida ifodalash, Sonlarni taqqoslash, Rim raqamlari, Sonni 10, 100 marta orttirish va kamaytirish, tenglamalar yechish, Burchaklar va uchburchaklarning turlari, teskari birlikka keltirishga doir masalalar, toʻplamlar kesishmasi, birlashmasi, qoʻshish va ayirish, sonlar ustida amallarga doir masalalar, Uzunlik va massa o'lchov birliklari.
  • 1000 ichida sonlarni qoʻshish va ayirish. Kattaliklar. Geometrik shakllar: Og'zaki qo'shish va ayirish usullari, Yozma qo'shish va ayirish usullari, tenglamalarni yechish, Proporsional kattaliklarga doir sodda masalalar, Qo'shish, ayirish, ko'paytirish va boʻlishga doir masalalar, Kilometr, Millimetr, Gramm, Sentner, Tonna, Vaqt o'lchov birliklari, Shakllarni buklash va boʻyash, Shakllarning simmetriyasi.
  • Koʻpaytirish va boʻlish. Geometrik shakllar: Og'zaki koʻpaytirish va boʻlish, 1 va 0 ishtirokida koʻpaytirish va boʻlish, Sonni 10, 100 ga koʻpaytirish va boʻlish, Yozma koʻpaytirish va boʻlish, Ko'paytirishning oʻrin almashtirish xossasi, O'rganilgan turdagi bilimlarni mustahkamlashga doir amaliy masalalar, Qoldiqli boʻlish, tenglamalar, To'g'ri to'rtburchak va to'g'ri burchakli uchburchakning yuzi, Qavsli va qavssiz ifodalarda amallarni bajarish tartibi, tengsizliklar, a = b. c koʻrinishdagi bog'lanishga ega kattaliklarga misollar, katakli qog'ozda simmetriya, Toʻgʻri chiziq, Simmetrik shakllarni chizish.
  • Materiallarni umumlashtirish: Materiallarni umumlashtirish