Айрим фанлар чуқур ўрганиладиган давлат ихтисослаштирилган умумтаълим муассасаларининг ўқув режалари асосида 2-синф учун Ўқиш фанидан тузилган Ўқув дастури
Ushbu kitob 2-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan "O'qish" darsligidir. Unda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ona-Vatanga muhabbat, maktabga sadoqat, tabiatni asrash, mehnatsevarlik, odob-axloq kabi tushunchalar shakllantiriladi. Kitobda turli janrdagi asarlar: ertaklar, hikoyalar, she'rlar va maqollar mavjud bo'lib, ular bolalarning nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini rivojlantirish va mustaqil fikrlashga o'rgatishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Ona yurtim – oltin beshigim: Vatan haqidagi bilimlar chuqurlashtiriladi, o'quvchilarda Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish burchni anglash hissi uyg'otiladi.
- Maktabim – qutlug' makonim, kitobim- oftobim: Maktabning muqaddas dargoh ekanligi, kitobning ilm manbai sifatidagi ahamiyati tushuntiriladi. O'qituvchilarning rolini va kitobga bo'lgan hurmatni oshirishga qaratilgan.
- Oltin kuz - hosiling yuz: Kuz faslining go'zalligi, tabiatdagi o'zgarishlar, insonlarning kuzdagi mehnatlari haqida tushuncha beriladi.
- Mehnat – baxt keltirar: Mehnatning inson hayotidagi o'rni, hunar o'rganishga rag'batlantirish, mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan.
- Kumush qish – misoli oqqush: Qish faslining tabiati, bolalarning qishki ta'til kunlari, qishki o'yinlar haqida ma'lumot beriladi.
- Otalar so'zi – aqlning ko'zi: Odob-axloqqa oid fazilatlar, ota-bobolarimizning hikmatli so'zlari orqali tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan tushunchalar beriladi.
- Zumrad bahor – bahri diling ochar: Bahor faslining go'zalligi, tabiatning uyg'onishi, bahorgi bayramlar va urf-odatlar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Qushlar, hayvonlar - bizning do'stimiz: Qushlar va hayvonlarga nisbatan mehr uyg'otish, ularni asrash va ehtiyot qilishga o'rgatish maqsadida ma'lumotlar beriladi.
- Ertaklar – yaxshilikka yetaklar: Ertaklar olamiga sayohat qilish, yaxshilik va yomonlikni ajratish, ertak qahramonlarining xatti-harakatlariga baho berishga o'rgatiladi.
- Tabiatni asrang avaylang: Tabiatga muhabbat, uni asrash va avaylashga chaqiriq, tabiatni muhofaza qilishning ahamiyati haqida ma'lumotlar beriladi.
- Yoz – o'tadi soz: Yoz faslining go'zalligi, yozgi ta'til kunlarining mazmunli o'tishi, tabiatni kuzatish haqida hikoyalar beriladi.
- Sinfdan tashqari o'qish va nutq o'stirish: O'quvchilarning mustaqil o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish, nutqini o'stirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.