Fizika
Ushbu kitob fizika fanining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va amaliyotini tushuntirishga bag'ishlangan. Unda mexanika, termodinamika, elektrodinamika, optika va yadro fizikasining elementlari kabi sohalar qamrab olingan. Materiallar sodda tilda, ko'plab misollar va illyustratsiyalar bilan berilgan.
Asosiy mavzular
- Material nuqtaning to'g'ri chiziqli harakati: Material nuqtaning harakati, tezlik, tezlanish va trayektoriya tushunchalari. Kinematikaning asosiy tenglamalari. To'g'ri chiziqli tekis va notekis harakat.
- Dinamikaning asosiy qonunlari: Nyuton qonunlari, kuch, massa va inersiya tushunchalari. Inersial sanoq sistemalari. Qonunlarning qo'llanilishi.
- Qattiq jism mexanikasi: Qattiq jismning aylanish harakati, inersiya momenti, Shteyner teoremasi. Aylanma harakat dinamikasining asosiy qonuni.
- Ish, energiya va quvvat: Mexanik ish, kinetik va potensial energiya tushunchalari. Energiya saqlanish qonuni. Quvvat va uning o'lchov birliklari.
- Salishtirmalilik nazariyasi elementlari: Eynshteynning salishtirmalilik nazariyasi postulatlari. Lorents almashtirishlari. Massa va energiya orasidagi bog'liqlik. Klassik mexanikaning qo'llanilish chegaralari.
- Mexanik tebranishlar va to'lqinlar: Garmonik tebranishlar, mayatniklar, energiyasi. So'nuvchi va majburiy tebranishlar. Rezonans hodisasi. To'lqinli protsesslar.
- Molekulyar-kinetik nazariya asoslari: Moddaning molekulyar tuzilishi, molekulalarning harakati. Ideal gaz qonunlari. Boltzmann taqsimoti. Ichki energiya va temperatura.
- Elektrostatika asoslari: Elektr zaryadi, Kulon qonuni. Elektr maydoni, kuchlanganlik. Potentsial va potensiallar farqi. Kondensatorlar.
- Magnit maydoni qonunlari: Magnit maydoni, magnit induksiyasi. Bio-Savar-Laplas qonuni. Amper qonuni. Lorents kuchi. Magnit maydonning zaryadli zarralarga ta'siri.
- Yorug'likning to'lqin va kvant tabiyati: Yorug'likning to'g'ri chiziqli tarqalishi.Yorug'likning qaytishi va sinishi.Linzalar.Yorug'lik difraktsiyasi va interferentsiyasi. Fotoelektrik hodisa