Radio qabul qiluvchi va radio uzatuvchi qurilmalar
Ushbu o'quv qo'llanma radio qabul qiluvchi va radio uzatuvchi qurilmalar, radiosignallar, modulyatsiya turlari, kuchaytirgichlar, iste'mol manbalari, generatorlar, raqamli texnika elementlari kabi bo'limlardan iborat. Radioelektronika sohasida qoʻllaniladigan radiotexnik jihozlar va ularning qurilishi hamda parametrlari va xarakteristikalari keltirilgan. Kuchaytirish, generatsiyalash, modulatsiyalash prinsiplari, detektorlash va manfiy teskari aloqa masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Radioelektron qurilmalar va sxemalar haqida umumiy ma'lumotlar: Radioelektron tizimlar, radiosignallar, videosignallar, ularning turlari va qo'llanilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Iste'mol manbalari: Bir fazali va uch fazali to'g'rilagichlar, silliqlovchi filtrlar parametrlari va xarakteristikalari, o'zgarmas kuchlanish va o'zgarmas tok stabilizatorlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Kuchaytirgichlar: Kuchaytirgichlarning asosiy xarakteristikalari, Bipolar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi, Ko'p bosqichli kuchaytirgichlar va Emitter qaytargich (quvvat kuchaytirgich) haqida ma'lumotlar berilgan.
- Garmonik tebranishlar generatorlari: Avtogeneratorlarning ish prinsipi tushuntirilgan.
- Impuls texnikasi elementlari: Impuls rejimi haqida asosiy ma'lumotlar, Mantiqiy IMS parametrlari va Triggerlar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Radio uzatuvchi qurilmalar: Modulatsiya turlari, chastotaviy modulatsiya, impulsli modulatsiya, o'ta yuqori chastotali generatorlar va uzatkichlar, ularning tuzilishi, kaskadlari, bloklari va parametrlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Radiosignal qabul qiluvchi qurilmalar: Radio qabul qilish asoslari, radiolokatsiyaning asosiy tushunchalari, radiolokatsion stansiya qurish negizi haqida ma'lumotlar berilgan.