Fizika fani bo'yicha ma’ruzalar to’plami
Ushbu kitob "Fizika" fani bo'yicha ma'ruzalar to'plamidan iborat bo'lib, unda mexanika, termodinamika, molekulyar fizika, elektrodinamika kabi fizikaviy bo'limlarga tegishli asosiy mavzular yoritilgan. Har bir mavzu nazariy asoslar, qonunlar, formulalar va misollar bilan to'liq tushuntirilgan.
Asosiy mavzular
- Kinematika: Moddiy nuqtaning kinematikasi, harakat turlari, tezlik, tezlanish, yo'l, ko'chish, vaqt, sanoq sistemalari, to'g'ri chiziqli va egri chiziqli harakatlar, kinematik tenglamalar.
- Dinamika: Nyuton qonunlari, inersiya, kuch, massa, impuls, harakat miqdori, impulsning saqlanish qonuni, reaktiv harakat, jismlarning to'qnashuvi, kuch turlari, tabiatdagi kuchlar, og'irlik, tortishish, ishqalanish.
- Energiya va saqlanish qonunlari: Ish, quvvat, energiya turlari (kinetik, potensial), energiyaning saqlanish qonuni, gravitatsion maydondagi ish va energiya.
- Mexanik tebranishlar: Garmonik tebranishlar, tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi, garmonik osilatör, prujinali va matematik mayatniklar, majburiy va sönuvchi tebranishlar, rezonans.
- To'lqin hodisalari: To'lqinlar, turg'un to'lqinlar, Gyugens prinsipi, Dopler effekti, tovush to'lqinlari, tovusning tezligi va intensivligi.
- Molekulyar kinetik nazariya asoslari: Ideal gaz, uning makroskopik parametrlari, harorat, molekulalarning o'lchamlari va massasi, Avogadro qonuni, Dalton qonuni, ideal gaz qonunlari, holat tenglamasi, molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi.
- Real gazlar: Real gazlarning ichki energiyasi, molekulalar aro ta'sir kuchlari va potensial energiyasi, Van-Der-Vaals tenglamasi, izotermalar.
- Qattiq jismning kristall holati: Kristall holatining xossalari, kristall panjaralar, ularning turlari, atomlararo bog'lanish, issiqlik harakati va issiqlik sig'imi
- Suyuqliklar va gazlar mexanikasi: Suyuqliklar va gazlarning xossalari, sirt tarangligi, kapillyar hodisalar, bosim, Paskal va Arximed qonunlari, uzluksizlik va Bernulli tenglamalari, yopishqoqlik, Stoks metodi.
- Elektromagnit: Elektr maydoni, Kulon qonuni, zaryad, potentsial, elektrostatik maydon energiyasi, elektr sig'imi, kondensatorlar, dielektriklar, elektr toki, qarshilik