Жамоат бинолари ҳудудларини ландшафт лойиҳалаш амалиётини ўрганиш ва лойиҳавий таклифлар бериш
Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat binolari va ularning hududlarini landshaft loyihalash, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirishning oʻziga xos xususiyatlari va shartlari koʻrib chiqilgan. Muallif Oʻzbekistondagi jamoat binolarini landshaft dizayni standartlariga javob bermasligini taʼkidlab, kelajakda ana shu yoʻnalishda harakat qilishni maqsadga muvofiq ish boʻladi deydi. Jamiyat binolarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish bo’yicha takliflarni keltirib o’tgan.
Asosiy mavzular
- Jamoat binolarining tasnifi va ahamiyati: Jamoat binolarining funktsional ahamiyatini, shaharsozlikdagi rolini va ahamiyatini belgilab beradi. Ularning tashqi va ichki tuzilishini, tarkibiy elementlarini tahlil qiladi hamda insonlar hayotida tutgan o'rniga e'tibor qaratiladi. Jamoat binolariga qo’yiladigan me’yoriy va huquqiy talablar bayon etiladi.
- Jamoat binolarida landshaft dizayn: Jamiyat binolarida landshaft dizaynini qo'llash tamoyillari, uslublari va ahamiyati haqida ma'lumot beriladi. Turli tipdagi jamoat binolari uchun landshaft yechimlari, landshaftni rejalashtirish, hududni ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish qoidalari keltirilgan. Hududni landshaft dizayni qoidalariga binoan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamoat binolarining mavqeini yanada ko’taradi deyilgan.
- Ta'lim muassasalarini obodonlashtirish: Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlari uchun hududlarni obodonlashtirish bo’yicha tavsiyalar berilgan. Qanday o’simliklarni tanlash, ularni qayerga ekish, qanday jihozlar va qurilmalar o‘rnatish, yoritishni qanday tashkil etish kabilar ko‘rsatib o’tilgan.
- Sog'liqni saqlash muassasalarini obodonlashtirish: Shifoxonalar, sanatoriylar va boshqa tibbiy muassasalar uchun hududlarni landshaft dizayni qoidalari keltirilgan. Bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay muhit yaratish, dam olish joylarini tashkil etish, terapevtik bog‘lar yaratish bo’yicha maslahatlar berilgan.