Кескин континентал иқлим шароитларда фойдаланиладиган автомобил йўллари учун модификацияланган герметик композицион мастикаларни олиш технологиясини ишлаб чиқиш
Ushbu kitobda avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan germetiklovchi kompozitsion materiallar, ularni olish texnologiyasining zamonaviy holati, mahalliy xomashyo resurslari asosida yangi materiallar yaratish, ularning fizik-mexanik xususiyatlari va qo‘llash sohalari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Germetiklovchi materiallar va ularni olish texnologiyasining zamonaviy holati: Yo'l qurilishida germetik materiallarning ahamiyati, mavjud muammolar va yechimlar tahlili.
- Kompozitsion germetiklovchi mastikalar olishning obyekti va usullari hamda ularning xossalarini aniqlash: Tajriba-tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun ob’ektlar tanlovi va metodlar asoslanganligi shakllantirilgan. Kompozitsion germetiklovchi materiallar va ular asosida mastikalarning fizik-kimyoviy, mexanik va ekspluatatsion xossalarini aniqlash va olish uchun ingredientlarni tayyorlashning mexanik faollashtirilgan metodikalarini ishlab chiqish batafsil izohlangan.
- Mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida organomineral ingredientlarning fizik kimyoviy xossalarini va strukturasini tadqiq qilish: Mahalliy va ikkilamchi xomashyolardan olingan ingredientlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari, ularning tarkibi va tuzilishi, germetiklovchi kompozitsion materiallarga ta'siri o'rganilgan.
- Kompozitsion materiallar va ular asosida germetiklovchi mastikalarning optimal tarkibini ishlab chiqish va tadqiq qilish: Issiq iqlim sharoitlarida talabga javob bera oladigan kompozitsion materiallar va ular asosida germetiklovchi mastikalarning optimal tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan.
- Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridan kompozitsion materiallar va ular asosida mastikalar olishning texnologiyasini ishlab chiqish: Kompozitsion materiallar va ular asosida germetiklovchi mastikalar olishning optimal texnologik rejimlari, mahalli va ikkilamchi xomashyolar asosida kompozitsion materiallar ishlab chiqarish uchun texnologik liniyalar ishlab chiqish, natijalar tahlili.
- Samarali kompozitsion materiallar va ular asosida germetiklovchi mastikalar olish uchun yaratilgan texnologiyalarning amaliy va iqtisodiy aspektlari: Avtomobil yo'llari qurilishi va ta'mirida qo'llash uchun kompozitsion germetiklovchi mastikalar olishda ishlab chiqilgan texnologiya va tarkiblarning ilmiy-amaliy va iqtisodiy aspektlari natijalari keltirilgan.