Aqlli bog‘lar va ularni O‘zbekiston hududida tadbiq etish

Ushbu kitob zamonaviy bog park san'atini O zbekistonda tadbiq etish yo'llarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, jahon tajribasini, O'rta Osiyo bog'larining tarixiy rivojlanishini, "aqlli" bog'larning funksional imkoniyatlarini va zamonaviy landshaft dizaynining asosiy tamoyillarini qamrab oladi. Kitobda qadimgi davrlardan boshlab bog'-park san'atining evolyutsiyasi, turli madaniyatlarning bog' yaratish an'analari va "aqlli bog'" konsepsiyasining mohiyati tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Qadimgi va o'rta asr davlatlarining bog'-park san'ati: Ushbu bobda Misr, Mesopotamiya, Eron va Turon hududlaridagi qadimgi bog'lar tarixi, xususiyatlari va landshaft dizayni tamoyillari ko'rib chiqiladi. Bog'larning shakllanishi, uslubiy xususiyatlari va madaniyatdagi o'rni o'rganiladi.
  • Zamonaviy bog'-park san'atining jahon tajribasi: Ushbu bobda Evropa, Amerika va Rossiyaning zamonaviy bog'lari, ularning landshaft arxitekturasi, texnologiyalari va innovatsion yechimlari tahlil qilinadi. Buzilgan landshaftlarni qayta tiklash, kommunikatsiyalarni qurish va ochiq hududlarni shakllantirish masalalari o'rganiladi.
  • O'zbekistonda aqlli bog'-parklarni tadbiq etish yo'llari: Ushbu bobda O'zbekiston sharoitida aqlli bog'larni yaratish va mavjud bog'larni modernizatsiya qilish, funksional zonalashtirish, ekologik turg'unlikni oshirish va innovatsion texnologiyalarni qo'llash masalalari ko'rib chiqiladi. Aqlli bog'larning funksiyalari, obodonlashtirish tizimi, gidroponik bog'lar va suvni tejovchi texnologiyalar o'rganiladi.