Tuproqshunoslik fani va tuproq haqida tushuncha. Tuproq paydo bo’lishining mohiyati. Tuproq mineral qismining kelib chiqishi va tarkibi.

Ushbu kitob tuproqshunoslik fanining asosiy tushunchalari, tuproqning tarkibi, xossalari, genezisi, klassifikatsiyasi, geografik tarqalishi va unumdorligini oshirish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda O'zbekiston tuproqlarining o'ziga xos xususiyatlariga alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Tuproqshunoslik faniga kirish: Tuproqshunoslik fanining maqsadi, vazifalari, ob'ektlari, boshqa fanlar bilan aloqasi, tuproq haqida tushuncha, tuproq paydo bo'lishining omillari va jarayonlari.
  • Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va xossalari: Tuproqdagi organik moddalarning manbalari, miqdori, tarkibi, o'simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishi, gumusning hosil bo'lishi, organik moddalarning tuproq unumdorligidagi roli.
  • Tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyati: Tuproq kolloidlarining kelib chiqishi, turlari, xossalari, tuproqning singdirish qobiliyati, singdirish turlari, kationlar va anionlarning almashinuvi.
  • Tuproq strukturasi va tuproqning fizikaviy xossalari: Tuproq strukturasi, turlari, agronomik ahamiyati, tuproqning zichligi, g'ovakligi, suv-havo rejimi, fizik-mexanik xossalari.
  • Tuproq unumdorligi: Tuproq unumdorligi haqida tushuncha, uning turlari, elementlari va shart-sharoitlari, tuproq unumdorligini oshirish yo'llari.
  • Choʻl zonasining tuproqlari: Choʻl zonasining tabiiy sharoitlari,sur-qoʻngʻir tusli tuproqlarning tuzilishi, tarkibi, xossalari va agronomik tavsifi.
  • Tayga – o'rmon zonasining tuproqlari.: Tayga – oʻrmon zonasining tabiiy iqlim sharoitlari,podzol tuproqlarning paydo boʻlishi, tuzilishi, tasnifi, tarkibi va xossalari.
  • OʻRMON-DASHT VA DASHT ZONASINING QORA TUPROQLARI: OʻRMON-DASHT VA DASHT ZONASINING tabiiy iqlim sharoitlari,qora tuproqlarning paydo boʻlishi, tuzilishi, tasnifi, tarkibi va xossalari.
  • SHO'RLANGAN TUPROQLAR: SHO'RLANGAN TUPROQLARning umumiy belgilari va tarqalishidagi qonuniyatlar, O'zbekistonda sho'rlangan tuproqlar tarqalishini so'zlab berish.