Amaliy mexanika predmeti.

Ushbu kitob amaliy mexanika fanidan maruzalar matnidir. Unda mashina va inshoot qismlarida hosil boʻladigan deformatsiya va zoʻriqishlar oʻrganiladi. Materiallarning mustahkamligi, bikrligi, ustivorligi, mexanizm va mashinalarning kinematikasi va dinamikasi, birikmalar va uzatmalar toʻgʻrisidagi ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, tishli va zanjirli uzatmalar hamda vallar va oʻqlarning tayanchlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Materiallar qarshiligi. Asosiy tushuncha va qoidalar. Cho'zilish va siqilish deformatsiyasi: Materiallar qarshiligida o'rganiladigan masalalar, ichki kuchlar faktorlari, bo'ylama deformatsiya, statik aniqmas masalalar va ularni yechish tartibi, kuchlanishlar tahlili va Mor doirasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Materialga tashqi kuchlar ta'sir qilinganda deformatsiya vujudga kelishi, bu deformatsiya natijasida materialda ichki kuchlar paydo bo'lishi ko'rib chiqiladi.
  • Siljish va buralish. Tekis kesimlarning geometrik tavsflari: Sof siljish, absolyut va nisbiy siljish, siljishda brusning mustahkamlik sharti, buralish, burovchi moment, urinma kuchlanish va buralish burchagini aniqlash, buralishda brusning mustahkamlik sharti va tekis kesimlarning geometrik xarakteristikalari haqida tushunchalar beriladi.
  • Egilish. Egilishda ichki kuchlar faktorlari: Egilish, balkalarning asosiy turlari, egilishda ko'ndalang kuch va eguvchi momentlarni hisoblash, eguvchi moment, ko'ndalang kuch va taqsimlangan kuch intensivligi o'rtasidagi differensial bog'lanishlar va balka egilgan o'qi differensial tenglamasi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Egilishda deformatsiya. Balka egilgan o`qi differensial tenglamasi va uni integrallash: Balka egilgan o'qi differentsial tenglamasi va uni integrallash, universal tenglamalar, egilishda deformatsiya energiyasi va Mor integrali haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Siqilgan sterjenlarni ustivorlikka hisoblash. Eyler formulasi: Muvozanat turlari, siqilgan sterjenning ustivor muvozanati, kritik kuch va kritik kuchlanishni hisoblash hamda sterjenni ustivorlikka hisoblash haqida ma'lumot berilgan.
  • Mexanizm va mashinalarning tuzilishi va turlari: Mexanizm va mashinalarning tuzilishi va turlari, kinematik zanjirlar va ularning turlari, mexanizmlarning tuzilish tahlili haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mexanizmlarni kinematik tahlil qilish: Mexanizmlarni kinematik tahlil qilish turlari, mexanizmning tezliklar planini ko`rish, mexanizmning tezlanishlar planini ko`rish kabi tushunchalarga ta'riflar berilgan.
  • Mexanizmlar dinamikasi. Kinetostatika: Mexanizmlarga ta'sir qiluvchi kuchlar, mashina agregatining harakat tenglamasi, mexanizmlarni kinetostatik tahlil qilish va muvozanatlovchi kuchni N. E. Jukovskiy usuli bilan topish haqida ma'lumot berilgan.
  • Mexanizmlarni loyihalash asoslari. Mushtchali mexanizmlarni tahlil qilish va loyihalash: Mexanizmlarni loyihalash asoslari, mushtchali mexanizmlarning turlari, mushtchali mexanizmlarni tahlil qilish va loyihalash usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Mashina detallari. Asosiy tushunchalar: Detallar va o'zellarga qo`yiladigan asosiy talablar, bo'limning asosiy qismlari va ularda o'rganiladigan muammolar, mashina detallarining klassifikasiyasi va fanning mashinasozlikda tutgan o'rni haqida ma'lumot berilgan.
  • Birikmalar. Ajralmas birikmalar: Payvand birikmalar, parchin mixli birikmalar, kavshar va elimli birikmalar haqida tushunchalar berilgan.
  • Ajraluvchan birikmalar. Rezbali birikmalar: Rezbalarni turlari, rezbaning asosiy geometrik o'lchamlari, shponkali birikmalar va tishli shlitsli birikmalar haqida ma'lumot berilgan.
  • Uzatmalar. Friksion va tasmali uzatmalar: Aylanma harakat mexanik uzatmalari, friksion uzatmalar va tasmali uzatmalar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tishli uzatmalar: Tishli uzatmalarni afzalligi, kamchiligi va ishlatilish joylari, to`g`ri tishli uzatmalar va evolventali ishlashmani geometrik loyihalash haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Gipyerboloid uzatmalar: Giperboloid uzatmalarning turlari, kinematikasi va giperboloid uzatmalarni hisoblash usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Zanjirli uzatmalar: Zanjirli uzatmalarni afzalliklari va kamchiliklari, tasnifi, geometrik o'lchamlari va uzatmani eyilishga hisoblash usullari keltirilgan.
  • Vallar va o`qlar. Muftalar: Vallar va o`qlar, ularning vazifasi va turlari, vallarni hisoblash, muftalar, ularning vazifasi va turlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Vallar va o`qlarning tayanchlari: Sirpanish podshipniki va dumalash podshipniklari haqida ma'lumot berilgan.