Биоорганик кимё

Ushbu kitob bioorganik kimyo, terpenlar va steroid birikmalarning asosiy tushunchalari, tuzilishi, xossalari, ahamiyati va sintez usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda, shuningdek, vitaminlar, antibiotiklar, pestitsidlar, ta'sir etuvchi moddalar va o'simliklar kimyosi kabi mavzularga ham to'xtalib o'tilgan. Mazkur qo'llanma tibbiyot, biologiya, farmatsevtika sohalari talabalari va mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Biolimerlar: Peptidlar, oqsillar, nuklein kislotalar va polisaxaridlar sinflari, ularning ajratish va tozalash usullari hamda fizik-kimyoviy xossalari haqida ma'lumot beriladi.
  • a-aminokislotalar: a-aminokislotalarning tasnifi, kimyoviy xossalari, stereoizomeriyasi va olinish usullari batafsil yoritilgan.
  • Peptid bog' va uning tuzilishi: Peptid bog'ning asosiy o'lchamlari, konfiguratsiyasi, ikkilamchi tuzilish shakllari, funksional guruhlarni himoyalash va peptid sintezining asosiy tamoyillari tushuntiriladi.
  • Oqsillar: Oqsillarning tasnifi, oddiy va murakkab oqsillar, ularni ajratib olish va tozalash usullari, fizik-kimyoviy xossalari bayon qilingan.
  • Nuklein kislotalar: Nuklein kislotalarning tarkibiy qismlari, geterosiklik asoslar, nukleozidlar, nukleotidlar va ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari hamda modifikatsiyalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Monosaxaridlar: Monosaxaridlarning stereoizomeriyasi, almashinish va oksidlanish reaksiyalari, siklik tuzilishi va hosilalari o'rganiladi.
  • Oligosaxaridlar: Oligosaxaridlarning gidrolizlanish reaksiyalari, qatnashuvchi va qatnashmaydigan xillari, umimiy formulasi.
  • Lipidlar: Oddiy va murakkab lipidlar, yog' kislotalari, ularning tarkibi, kimyoviy xossalari va ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.
  • Kichik molekulyar massali bioregulyatorlar: Kichik molekulyar massali bioregulyatorlar (masalan, alkaloidlar, vitaminlar va gormonlar), ularning tuzilishi va xususiyatlari haqida umumiy ma'lumotlar beriladi.
  • Terpenlar: Terpenlarning kelib chiqishi, tasnifi, tuzilishi va ularning ahamiyati, xususan efir moylari va boshqa biologik faol moddalar haqida so'z yuritiladi.
  • Vitaminlar: Vitaminlar tasnifi, xossalari va organizmdagi o'rni, avitaminoz, gipervitaminoz xolatlari.
  • Antibiotiklar: Antibiotiklar klassifikasiyasi, tuzilishi va farmakologik ta'siri.Turli kasalliklarni davolashda antibiotiklarni qanday qo'llanilishi.
  • O’simliklar kimyosi: Pestisidlar va o’stiruvchi moddalarning ahamiyati, tasnifi, ishlatilishi va roli.