Elektron raqamli imzoni web brauzerlarda tadbiq qilish

Ushbu kitob axborot xavfsizligi, kriptografiya usullari va elektron raqamli imzoni veb brauzerlarga tadbiq etish masalalariga bag'ishlangan. Kitobda elektron hujjat aylanishi, axborotni himoyalash, kriptografik algoritmlar va veb texnologiyalarning o'zaro aloqasi kabi dolzarb mavzular ko'tarilgan.

Asosiy mavzular

  • Elektron raqamli imzo (ERI) algoritmlari va ularning qiyosiy tahlili: ERI tushunchasi, axborot xavfsizligidagi o'rni, O'zbekistonda joriy etilishi, huquqiy asoslari, algoritmlarning tasnifi va qiyosiy tahlili.
  • ERI ni veb brauzerlarda shakllantirish: ERI ning axborot kommunikatsiya texnologiyalarida qo'llanilishi, veb brauzerlar va axborot xavfsizligi, xesh funksiyalarning o'rni.
  • Dasturiy ta'minotning tasvirlanishi: ERI ni veb brauzerga tadbiq qilishda kriptografik kengaytmaning ishlash algoritmi, takomillashtirilgan RSA algoritmi va assimetrik shifrlash dasturiy ta'minoti.