Топинамбур ўсимлиги гули ва тугунагининг кимёвий таркиби ҳамда биологик ҳусусиятлари
Ushbu kitob topinambur oʻsimligining botanik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyalari va foydalanish sohalariga bagʻishlangan. Kitobda topinamburning tarkibi, inulin moddasi va uning xususiyatlari, ozuqaviy qiymati, dorivorlik xususiyatlari, qayta ishlash usullari va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Shuningdek, oʻsimlikning yangi navlari, ularni yetishtirish va undan olinadigan mahsulotardan samarali foydalanish masalalari ham koʻrib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Topinamburning kelib chiqishi va tarqalishi: Oʻsimlikning geografik tarqalishi, madaniy ekinlar orasidagi ahamiyati, turli mamlakatlardagi oʻziga xosliklari.
- Inulinning dorivorlik xususiyatlari: Inulinning kimyoviy tarkibi, organizmga taʼsiri, qonni tozalash, immunitetni oshirish, qandli diabetga qarshi kurashdagi roli.
- Topinambur tugunagining kimyoviy tarkibi: Tugunaktarkibidagi oqsillar, uglevodlar, vitaminlar, minerallar, ularning miqdori va ahamiyati.
- Topinamburdan spirrt olish: Spirt olish texnologiyasi, hosildorlikni oshirish yoʻllari, olinadigan mahsulotlarning sifati.
- Topinambur gulining tarkibi: Gul tarkibidagi moddalar, ularning biologik faolligi va amaliy ahamiyati.
- Topinamburni qayta ishlash: Topinamburdan olinadigan un, sirop, püre va boshqa mahsulotlar, ularning xususiyatlari va foydalanish sohalari.
- Topinambur novdalarining kimyoviy tarkibi: Topinambur novdalaridan uglevod va oqsillarni ajratib olish usullari, hamda miqdorini aniqlash.