Гимнастика дарсида айланма усулдан фойдаланиш самарадорлиги
Ushbu kitob jismoniy tarbiya va sport sohasiga, xususan, gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish uslubiyatiga bag‘ishlangan. Kitobda gimnastika darslarida aylanma usuldan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Unda o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish, mashqlarni to‘g‘ri tanlash va ularni dars jarayoniga kiritish usullari, hamda gimnastikani o’qitishning dolzarb vazifalari keltirilgan
Asosiy mavzular
- Gimnastika darslarida aylanma usulni o‘tkazish: Darsning tuzilishi, vazifalari, uslublari va uni tashkil qilish bosqichlari. Gimnastika darslarida aylanma usulni qo'llash uslubi va mazmuni. Gimnastik mashqlarini bajarish texnikasining asoslari
- Dars shaklidagi mashg‘ulotlar: Dars vositalarini tanlash va o’quvchilarning sa’yi harakatlarini yonaltirish. Shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini ta’minlaydigan mashqlar. Pedagogik va amaliy ahamiyati
- Darsning qismlari: Tayyorgarlik qismi, asosiy qism va yakunlovchi qismlarning vazifalari, tarkibi, metodik ko’rsatmalari, vazifalari va ularning ahamiyatlari
- Kuchni rivojlantirish usullari: Kuchni rivojlantirishda qarshilikning ahamiyati. Kuch mashqlarini turli usullari: takroriy zo‘r berish, maksimal zo‘r berish, dinamik zo‘r berish, statik zo‘r berish usullari
- Gimnastika vositalari orqali yuqori sinf o‘quvchilarini jismoniy tayyorgarligini oshirish: Gimnastika mashqlarining turlari va ularning xususiyatlari. Aylanma usulni qo‘llash orqali kuch fazilatlarini rivojlantirish metodikasi. Mashqlarni bajarish algoritmi va texnikasi