Avtomobillarda yuk va passajirlarni tashish asoslari
Ushbu kitob avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston Respublikasida transport tizimining rivojlanishi, avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi, tashishni tashkil etish, yuk va passajirlar oqimini boshqarish, transport vositalarining unumdorligi kabi masalalar yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy misollar va tadqiqot natijalari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomobil transport vositalari: Ushbu mavzuda avtomobil transportining asosiy tushunchalari, O'zbekiston Respublikasi xalq xo'jaligidagi o'rni, avtomobillarning texnik xususiyatlari va o'lchamlari ko'rib chiqiladi.
- Avtomobil transport vositalarini ishlatish sharoitlari: Mavzuda avtomobil yo'llarining tasnifi, ularga qo'yiladigan talablar va passajirlar tashish marshrutlarida avtobuslar harakatini to'xtatish shartlari haqida ma'lumot beriladi.
- Avtomobil transportida yuk tashish asoslari: Ushbu mavzu yuk tushunchasi, tasnifi, tara, konteynerlar, yuk oqimlari va ularni tashkil etish masalalarini o'z ichiga oladi.
- Avtomobil transporti vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari: Mavzuda avtomobildan foydalanish samaradorligi, transport vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari va avtomobillarning ekspluatatsiya sharoitlari ko'rib chiqiladi.
- Tashishni tashkil etishning asosiy elementlari: Ushbu mavzu avtomobil transportida tashishni tashkil etish, passajirlar va yuk tashish tasnifi, tashishni tashkil etish tamoyillari va yuklarni o'z vaqtida sifatli etkazib berish masalalarini yoritadi.
- Avtomobil transporti ishining asosiy ko'rsatkichlari: Mavzuda avtomobil saroyidan foydalanish, uning tarkibi va quvvati, avtomobillardan yuk va passajirlarni tashishda foydalanish ko'rsatkichlari va transport vositasining ish rejimi ko'rib chiqiladi.
- Transport vositalari unumi: Mavzuda transport vositalari unimiga ta'sir etuvchi asosiy ekspluatatsion ko'rsatkichlar, transport vositalarining ish unumiga tasir etuvchi ekspluatatsion omillar haqida ma'lumot beriladi.
- Yuk avtomobil transpori vositalarini tanlash va hisoblash: Mavzuda yuk avtomobilini tanlashga qo'yilgan asosiy talablar, universal va samosval, avtopoyzd, transport vositalari hisobi va ularni ekispluatatsiya qilish dasturi haqida ma'lumot beriladi.
- Marshrutda ishlovchi transport vositalari ish hisobi: Mavzuda bir tomonlama yukli qatnovchi marshrut ish hisobi, ikki tomonlama yukli qatnovchi mayatnikli marshrut ish hisobi, orqa yo'nalishda qisman yukli qatnovchi marshrut ish hisobi va xalqasimon marshrut ish hisobi haqida ma'lumot beriladi.
- Yuk tashishni tashkil etish tizimlari: Mavzuda Bir turdagi katta, kam miqdordagi yuklarni tashish, markazlashgan yuk tashish tizimi va uning tashkiliy shakillari, tarasiz, kantener va tagliklarda tashishni tashkil eish masalalari yoritiladi.
- Yuk avtomobil xarakatini tashkil etish: Mavzuda avtomobil' transporti vositasi harakatini tashkil etish tamoillari, liniyada tashishni tashkil etishga asosiy talablar, yo'l harakati zichligi haqida ma'lumot beriladi.
- Yuk tashishda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish va mexanizatsiyalash: Mavzuda Ortish -tushirish ishlari tasnifi, transport vositalarini ortish –tushirish maskanlari va ularni o'tkazuvchanligi, Ortish -tushirish mashina va mexanizlari unimi haqida ma'lumot beriladi.
- Passajirlarni tashish asosiy elementlari: Mavzuda Passajirlarni tashish avtomobil transporti, Marshrutlar tizimi va xaydovchilar mehnatini tashkil etish, Shaharlardagi avtobus ishlarining asosiy elementlari haqida ma'lumot beriladi.