Kutubxona bibliografik klassifikatsiyasining paydo bo’lishi va rivoj- lanishining asosiy bosqichlari.
Kitob kutubxona fondini, mavjud resurslarni to'liq ochib berishda hujjatlarni fan sohalari bo'yicha tasniflash, kataloglar yaratish, rivojlantirish va tartibga solishning ahamiyatini ochib beradi. Unda jahon kutubxonachilik ishlarining amaliyotida kutubxonachilikning rivojlanish tarixida qo'llanilgan kutubxona-bibliografik tasniflash sistemalarini, ularning tuzilishini yoritib berdi. Shuningdek, kitob fanlarni tasniflash bilan fanning sohalarida chuqur bilimga ega bo'lgan mutafakkirlar shug'ullanganini ham ta'kidlaydi.
Asosiy mavzular
- Hujjatlar klassifikatsiyasi haqida umumiy tushuncha: Klassifikatsiyaning mohiyati, klassifikatsiyaga bo'lgan talablar, tabiiy va sun'iy klassifikatsiya, hujjatlarni klassifikatsiyalash jarayoni va sistemali klassifikatsiyaning asosiy xususiyatlari.
- Matbuot asarlarini klassifikatsiyalash tarixidan: Qadimgi dunyo va ilk o'rta asrlardagi kutubxonalarda qo'lyozmalarni sistemalashtirish, kataloglar tuzish va ilmiy bilimlarning rivojlanishi.
- Sharqda klassifikatsiyani paydo bo'lishi va shakllanishi: Markaziy osiyolik olimlarning ilmlar tasnifi bo'yicha ishlari, Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy va Ibn Sinolarning klassifikatsiya sistemalari.
- XII-XIII asrlarda G'arbiy Yevropada kutubxona klassifikatsiyalarining vujudga kelishi: Universitet kutubxonalarining tashkil etilishi, kitob fondlarining kengayishi, bosma kitoblarning paydo bo'lishi va kataloglarga bo'lgan ehtiyojning ortishi, shuningdek Fakultet sistemalari va Gotfried Leybnitsning kutubxona klassifikatsiyasi.
- Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari: AQSh Kongressi kutubxonasining klassifikatsiyasi va Rossiyada kutubxona klassifikatsiyasi (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari).
- Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya nashrlari. O'zbekiston Respublikasi kutubxona –bibliografik klassifikatsiyasi: Universal o'nlik klassifikatsiyaga muqobil sifatida yaratilgan kutubxona-bibliografik klassifikatsiya (KBK), uning nashrlari, tuzilishi, falsafiy-metodologik prinsiplari va qo'llanilishi.