Oziqa yetishtirish texnologiyasi

Ushbu kitob, "Oziqa yetishtirish texnologiyasi" fani bo'yicha ma'ruzalar kursidir. Unda qishloq xo'jaligida chorva mollarini oziqlantirishning ahamiyati, oziqa ekinlarini yetishtirish texnologiyalari, o'tloqlar va yaylovlardan foydalanish usullari kabi masalalar yoritilgan. Kitob talabalarga, agronomlar va chorvachilik mutaxassislariga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Donli yem-xashak ekinlarining umumiy tavsifi: Donli ekinlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, ekin maydonlari, hosildorligi, O‘zbekistonda donchilikni rivojlantirish istiqbollari, g‘alla ekinlarining morfologik hususiyatlari, donning tuzilishi va tarkibi, g‘alla ekinlarning organogenez bosqichlari va rivojlanish fazalari.
  • Arpa yetishtirish texnologiyasi: Arpaning axamiyati, ishlatilishi, ekin maydonlari, botanik tavsifi, biologik xususiyatlari, arpa yetishtirish texnologiyasining muxim elementlari, O'zbekistonda ekiladigan arpa navlari.
  • Javdar, suli va tritikale yetishtirish texnologiyasi: Kuzgi javdarning ahamiyati, hosildorligi, botanik va biologik tavsifi, navlari. Tritikalening ahamiyati, hosildorligi, biologik hususiyatlari, navlari. Sulining ahamiyati, ekilish mintaqalari, hosildorligi, biologik hususiyatlari. Navlari.
  • Makkajo'xori yetishtirish texnologiyasi: Makkajo'xorining tarixi, kelib chiqishi, tarqalishi va axamiyati. Botanik tavsifi. Biologik xususiyati. Oʻzbekistonda ekiladigan navlari. Yetishtirish texnologiyasi
  • Jo'xori yetishtirish texnologiyasi: Axamiyati, tarixi, ekin maydonlari. Botanik tavsifi. Biologik xususiyatlari, ekiladigan navlari. Yetishtirish texnologiyasi
  • Xashaki don-dukkakli ekinlarning umumiy tavsifi. Xashaki no'xat biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi: Don yetishtirishni ko'paytirishda, oʻsimlik oqsili muammosini hal etishda, tuproq unumdorligini oshirishda dukkakli don ekinlarining ahamiyati. Dukkakli don ekinlarining botanik, biologik hususiyatlari. Noʻxatning botanik, biologik xususiyatlari, Oʻzbekistonda ekiladigan navlari.
  • Soya yetishtirish texnologiyasi: Soyaning ahamiyati, ekilish maydoni, hosildorligi va biologik hususiyatlari. Navlari.
  • Bir yillik yem-xashak o'tlari yetishtirish texnologiyasi: Em-xashak oʻtlarining axamiyati, turlari. Bir yillik o'tlari. Ozuqaviyligi baxolash. Sudan oʻtining xalq xoʻjalik ahamiyati, botanik tavsifi. Biologik hususiyatlari. Navlari. Mogʻor (Vengriya qoʻnogʻi)ning ahamiyati, botanik biologik hususiyatlari, navlari.
  • Ko'p yillik yem-xashak o'tlar yetishtirish texnologiyasi: Ko'p yillik oʻtlarning ahamiyati, umumiy ta'rifi. Bedaning qishloq xoʻjaligida ahamiyati, ekin maydonlari, hosildorligi, tarqalishi. Bedaning morfologik va biologik xususiyatlari. Mahalliy va seleksiya navlari.
  • Tuganakmevalilar yetishtirish texnologiyasi: Kartoshkaning xalq xoʻjalik ahamiyati, hosildorligi, ekilish mintaqalari, tarixi. Botanik tavsifi. Biologik hususiyatlari. Urug'larni aynish sabablari va uni oldini olish usullari. Oʻzbekistonda ekiladigan kartoshka navlarining tavsifi.
  • Ildizmevalilar. Xashaki lavlagi yetishtirish texnologiyasi: Ildiz mevali ekinlar vakillari, axamiyati, tarqalishi. Qand lavlagi biologiyasi, ishlatilishi, navlari va yetishtirish texnologiyasi. Sabzi biologiyasi, ishlatilishi, navlari va yetishtirish texnologiyasi.
  • Yashil konveyer: Yashil koveyer turlari. Koʻk konveyerni yaratish tartibi. Turli hayvonlar uchun koʻk konveyer yaratish.
  • Tabiiy pichanzorlar va yaylovlar: Yaylov va pichanzorlar tasnifi. Tabiiy ozuqa maydonlarini taftish qilish.