Adabiyot(Akademik kitsey o`quvchilarining birinchi bosqish o`quvchilari uchun)
Ushbu kitob o'zbek adabiyoti tarixidan namunalar jamlangan majmua bo'lib, unda qadimiy davrlardan to XV asrning birinchi yarmigacha bo'lgan davr adabiyoti, jahon adabiyoti namunalari va mumtoz adabiyot vakillarining hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobga Avesto matnlaridan boshlab, So'fiylik adabiyotigacha bo'lgan turli janrdagi asarlar kiritilgan.
Asosiy mavzular
- Qadimiy davr adabiyoti: Ushbu bo'limda Avesto, uning mazmuni, ahamiyati va o'sha davrdagi xalqlar hayoti, urf-odatlari haqida ma'lumot beriladi.
- Turkiy xalqlar adabiyoti: Ushbu bo'limda To'nyuquq bitiktoshi, Kul tigin bitiktoshi va ularning ahamiyati, mazmuni, o'sha davrdagi turkiy xalqlar hayoti va urf-odatlari haqida ma'lumot beriladi.
- Mumtoz adabiyot: Ushbu bo'limda Mahmud Koshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Nosiriddin Rabg'uziy, Pahlavon Mahmud, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Xo'jandiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy kabi mutafakkirlar hayoti va ijodiy merosi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Jahon adabiyoti: Ushbu bo'limda Jahon adabiyotining yirik vakillaridan biri Firdaisiyning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berilib uning Shohnomasidan namunalar keltirilgan.