Adabiyot(Akademik kitsey o`quvchilarining uchinchi bosqish o`quvchilari uchun)
Ushbu majmua o'zbek adabiyotining XX asr boshlaridan hozirgi kunga qadar bo'lgan davrini qamrab olgan bo'lib, taniqli adiblarning asarlari, shuningdek, mustaqil o'qish uchun mo'ljallangan she'riy va nasriy namunalar kiritilgan. Majmua akademik litsey o'quvchilarining adabiyotga bo'lgan muhabbatini oshirishga, ularning ma'naviy yetukligini ta'minlashga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Mahmudxo'ja Behbudiy: XX asr oʻzbek adabiyoti, matbuoti va madaniyatining atoqli namoyandasi. Uning asarlari, eskirmas oʻgit-gʻoyalari doimo qadrlidir.
- Abdulla Avloniy: Oʻzbek dramaturgiyasi va teatrining, yangicha maorifi va matbuotining asoschilaridan. Serqirra ijodining barcha namunalari xalqni yuksak ma'rifat va ezgu amallarga chorlovchi g'oyalar bilan yoʻgʻrilgan.
- G'afur G'ulom: Falsafiy obrazlilik, umumbashariy ezguliklarning donishona va san'atkorona tarannumi shoir ijodining eng muhim fazilatlaridan sanaladi. Sharq va Gʻarb ilgʻor madaniyatining chuqur bilimdoni.
- Oybek: Hassos shoir, mohir romannavis, yetuk olim, dunyo soʻz san'atining durdonalarining ilk tarjimonlaridan. Lirik she'rlarida inson va hayot mohiyati, tabiat va elu-yurtga muhabbat, tarix voqealari va uning idroki juda teran.
- Mirtemir: Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini oʻzga ijodlardan farqli xalqona bir yoʻsinda oʻzbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir.
- Abdulla Qahhor: Nasrning hikoya, qissa, roman, dramaturgiyaning drama, komediya janrlaridagi, adabiyotshunoslikning adabiy tanqid yoʻnalishidagi asarlari va jahon adabiyotidan qilgan muvaffaqiyatli tarjimalari Abdulla Qahhor adabiy merosining asosini tashkil etadi.
- Normurod Norqobilov: Zamonaviy oʻzbek adabiyotining yorqin vakili. Uning asarlari vatanparvarlik, insonparvarlik va xalqchillik ruhi bilan sugʻorilgan.
- Hamid Olimjon: Beg'ubor insoniy tuyg'ular, jozib kechinmalar, baxt sururidan shodon lirik qahramonning kurashgan ruhiyati shoir she'riyatida xalqona, musiqiy ravon ifoda tarziga ega.
- Zulfiya Mo'minova: O'zbek she'riyatining yorqin vakili. She'riyatida inson ruhiyatining shodon, mahzun xilma-xil kechinmalari mujassam.