Илмий мақолаларни on-line чоп этиш дастурий воситасини ишлаб чиқиш (сайт)

Ushbu bitiruv malakaviy ishi Respublikamizning barcha oliy o'quv yurtlarida faoliyat ko'rsatayotgan yosh olimlar, yosh o'qituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalarning ilmiy maqolalarini onlayn rejimda chop etish imkoniyatini beruvchi web-sayt yaratishga bag'ishlangan. Ishda web texnologiyalardan foydalanish, PHP dasturlash tilining imkoniyatlari o'rganilgan, web-sayt dizayni yaratilgan, saytning ma'lumotlar bazasi yaratilgan hamda HTML, CSS, JavaScript, Jquery texnologiyalari va PHP dasturlash tili asosida web-sayt yaratilgan. Foydalanuvchi uchun yo'riqnoma ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Web texnologiyalar va ularning taxlili: Ushbu bobda axborot texnologiyalari va web texnologiyalardan foydalanish haqida ma'lumotlar berilgan, bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi va vazifalari bayon etilgan.
  • Maqolalarni on-line chop etuvchi Web saytni yaratish: Ushbu bobda web saytni yaratish texnologiyasi va dizayni, saytning ma'lumotlar bazasini boshqarish texnologiyasi va foydalanuvchi yo'riqnomasi yaratishga bag'ishlangan ma'lumotlar berilgan.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi: Ushbu bob hayot faoliyati xavfsizligi masalalariga bag'ishlangan.