Ветеринария ишини ташкил этиш ва иқтисоди
Ushbu kitob veterinariya ishini tashkil etish va iqtisodiyoti masalalariga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasida veterinariya xizmatining tashkiliy tuzilishi, qonunchiligi, hisob-kitob, hisobot, rejalashtirish, moliyaviy ta'minot va xalqaro veterinariya tashkilotlari bilan hamkorlik kabi muhim jihatlarini qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- O'zbekiston Respublikasida veterinariya xizmati: Veterinariya xizmatining mohiyati, vazifalari, O'zbekiston Respublikasining veterinariya to'g'risidagi qonunchiligi, qonunbuzarlik va jazo turlari, xizmatning tashkiliy tuzilishi va unga rahbarlik qilish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Veterinariya hisobi va hisoboti: Veterinariyada hisobga olish jurnalalari va birlamchi hujjatlar, hisobotlar, ish yuritish, hisob-kitob hujjatlarining ahamiyati va to'ldirish tartibi yoritilgan.
- Veterinariya tadbirlarini rejalashtirish: Veterinariyada rejalashtirishning ahamiyati, rejalashtirish ob'ektlari, reja turlari, veterinariya profilaktik va epizootiyaga qarshi tadbirlar, yuqumli va invazion kasalliklarni tugatish rejalari bayon etilgan.
- Veterinariya tadbirlarini tashkil etish: Profilaktik tadbirlarni tashkil etish, хo'jalikning veterinariya-sanitar va epizootik аhvоlini o'rganish, davolash ishlarini tashkil etish, yuqumli kasalliklarni oldini olishning umumiy va maxsus tadbirlari tavsiflangan.
- Veterinariya tadbirlari iqtisodiyoti: Veterinariya tadbirlarini iqtisodiy tahlil qilish, ko'rsatkichlar sistemasi, xarajatlar hisobi, samaradorlikni hisoblash usullari, mutaxassislarning ish unumdorligi kabi masalalar o'rganiladi.
- Veterinariya tadbirlarining moliyaviy ta'minoti: Moliyaviy ta'minot manbalari, maqsadlari, byudjet mablag'larini sarflash tartibi, sug'urta mablag'larini sarflash, tashkilotlarning xarajatlar smetasi ko'rsatilgan.
- Qishloq va tumanlarda veterinariya ishini tashkil qilish: Tuman veterinariya xizmatining tuzilishi, davlat veterinariya tarmoqlari, veterinariya bo'limining joylashuvi va jihozlanishi, veterinariya laboratoriyasi haqida ma'lumot berilgan.
- Shaharlarda veterinariya ishini tashkil qilish: Shahar davlat veterinariya bo'limi, tarmoqlari, xizmat turlari, shahar davlat veterinariya bo'limining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.
- Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklarda veterinariya xizmati: Chorvachilik xo'jaliklarida veterinariya xizmati va uning vazifalari, veterinariya mutaxassislarining huquq va vazifalari hamda veterinariya yordamlarining tashkil etilishi ko'rsatilgan.
- Xususiy veterinariya xizmati va zoovet servis punktlari: Xususiy veterinariya xizmatining joriy etilishi, tashkil etish qoidalari, zoovet servis punktlari, xizmat turlari va shartnomalar tuzish tartibi tushuntirilgan.
- Veterinariya sanitariya nazorati: Veterinariya sanitariya nazoratining mohiyati va ahamiyati, maqsadlari, hayvonlarni asrashda veterinariya sanitariya nazorati hamda tashishda, eksport va import jarayonlarida sanitariya nazorati haqida ma'lumot berilgan.
- Hayvonlarni so'yganda chorva mahsulotlarini qayta ishlaganda veterinariya nazoratini tashkil qilish: Hayvonlarni so'yishda veterinariya sanitariya nazorati, bozorlarda sanitariya nazorati hamda veterenariya kleyimosi va shtampi haqida ko'rsatilgan.
- Xorijiy davlatlarida veterinariya xizmati: Xorijiy davlatlarda veterinariya xizmati va xalqaro veterinariya tashkilotlari, ularning ahamiyati tushuntirilgan.