Амалий ва лингвистик математика

Ushbu kitob "Amaliy va lingvistik matematika" fani bo'yicha ma'ruzalar matnidir. Unda matematik lingvistika, matematik apparatlar, tillarni matematik ifodalash usullari, sonlar nazariyasi, geometriya, ehtimollar nazariyasi kabi mavzular qamrab olingan. Kombinatorika, ehtimollar nazariyasi, hodisalar ustida amallar, shartli ehtimollik, to'la ehtimollik formulasi kabi tushunchalar chuqur o'rganiladi. Asosan talabalarga matematik lingvistika va uning amaliyotdagi qo'llanilishini o'rgatishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Matematik lingvistika: Matematik lingvistika ta'rifi, maqsadlari, lingvistika bilan aloqasi, matematik apparatlar qo'llanilishi, til tuzilishini ifodalash uchun umumlashtirilgan apparat, asosiy bo'limlari, sintaksis, leksika-semantika, fonologiya, morfologiya, grammatika, so'z tuzilishi, filologiya.
  • Matematikaga kirish. Sonlar: Matematika fanining hayotdagi o'rni, bo'limlari, sonlar haqida tushuncha, sonlarning turlari (natural, butun, kasr, ratsional, irratsional, haqiqiy, kompleks sonlar), sonlar o'qi, koordinata sistemasi, sonlarni joylashtirish va ularni qiyoslash.
  • To'g'ri chiziq tenglamasi: Analitik geometriya asosiy tushunchalari, nuqta va to'g'ri chiziq, tekiislikdagi to'g'ri chiziqni berilishi va uniing tenglamasi,ikki nuqta orasidagi masofa, tekislikda to'g'ri chiziqning parallel va perpendikulyarlik shartlari, bir nuqtadan o'tuvchi to'g'ri chiziqlar tuplamining tenglamasi.
  • Kombenatorika: Birikmalar haqida tushuncha, o'rinlashtirish, o'rin almashtirishlar, gruppalash.
  • Ehtimollar nazariyasi: Ehtimollar nazariyasining predmeti, hodisalar va ular ustida amallar(tasodifiy, muqarrar,mumkin bo'lmagan hodisalar, elemenar hodisalar fazosi). Hodisalar yig'indisi,ayirmasi, ko'paytmasi
  • Qo'shish va ko'paytirish teoremasi: Qo'shish va ko'paytirish teoremasi orqali yechim topish(o'zaro birgalikda bo'lmagan hodisalar yig'indisi, yig'indisi, ayirmasi va ko'paytmasining ehitmolini topish). Shartli Ehtimollik va to'la ehtimollik tushunchasi.