Хитой тилида редупликация
Kitob hozirgi xitoy tilida so'z turkumlarida reduplikasiya hodisasi, uning yasalish usullari, xususiyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Qo'llanma talabalarga xitoy tilida reduplikativ so'z yasash usulini chuqurroq bilishga yordam beradi. Unda keltirilgan natijalar nafaqat xitoy tilshunosligi, balki umumiy tilshunoslik uchun ham ahamiyatli. Qo'llanma 6 darsdan iborat bo'lib, har bir dars o'zining mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda kichik qismlarga bo'lingan. Unda reduplikasiyaning til tipologiyasida tutgan o'rni, unga xos xususiyatlar, xitoy tilida so'z turkumlari reduplikasiyasi, struktura va semantika masalalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Reduplikasiya tushunchasi: Reduplikasiya va takror tushunchalari, ularning o'xshash va farqli tomonlari. Reduplikasiyaning so'z yasash usuli ekanligi, takrorning kengroq tushuncha ekanligi. Turli takror turlari: grammatik, taqlidiy, leksik, uslubiy. Reduplikasiyaning to'liq va to'liqsiz shakllari.
- Reduplikasiyaning til tipologiyasida tutgan o'rni: Reduplikasiyaning turli tipologik tillardagi namoyon bo'lishi, universalligi va xosligi. Reduplikasiya va sўz ichidagi takror o'rtasidagi bog'liqlik. Turli морфологик qurilishga ega tillarda reduplikasiya usullari.
- Xitoy tilida sifatlarda reduplikasiya: Sifatlarda reduplikasiya modellari, ularning struktura, semantika va sintaktik xususiyatlari. Turli modellar: AA儿, AABB, A里AB, ABAB, AABBCC. Синоним sifatlarning qiyosiy reduplikativ jadallari.
- Xitoy tilida fe'llarda reduplikasiya: Fe'llarda reduplikasiya turlari: AA, A – A, A来A去 (Alai Aqu), 东A西A (dong A xi A), A巴A巴. Reduplikativ fe'llarning ma'nosi, qo'llanilishi, sintaktik vazifalari.
- Xitoy tilida ismlarda reduplikasiya: Otlarda reduplikasiya: AA, AABB modellari. Hisob so'zlarda reduplikasiya.