Европа Иттифоқи ривожланиши тарихида Германиянинг роли
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi va Germaniya o'rtasidagi munosabatlar tarixi, Yevropa Ittifoqining shakllanishi, uning O'rta Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari, Germaniyaning Yevropa Ittifoqidagi o'rni va roli, hamda xalqaro siyosatdagi o'zgarishlar yoritilgan. Kitob,shuningdek, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorlik istiqbollarini ham qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Yevropa Ittifoqining rivojlanish tarixi: Ushbu bobda Yevropa Ittifoqining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi davrdagi holati, integratsiya jarayonlari va kelajakdagi istiqbollari haqida ma'lumot beriladi.Yevropa Ittifoqi a'zo davlatlarining ro'yxati keltirilgan. Har bir davlatning tashkilotdagi o'rni, vazifalari yoritilgan.
- Ikki Germaniyaning birlashishi: Ushbu bob Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning ikki qismga bo'linishi, keyinchalik birlashish jarayoni, birlashishga olib kelgan omillar, va birlashgan Germaniyaning Yevropa va jahon siyosatidagi o'rni haqida hikoya qiladi. Berlin devorining qulashi va bu voqeaning jahon tarixidagi ahamiyatiga to'xtalib o'tiladi.
- Yevropa Ittifoqining tashqi siyosati: Mazkur bob Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat yo'nalishlari, AQSh va Rossiya bilan munosabatlari, hamda Germaniyaning Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatidagi roli masalalarini ko'rib chiqadi. Qolaversa, tashqi siyosatida Germaniya o'z manfaatlarini qanday himoya qilish yo'llari tahlil qilinadi. Uning Yevropa Ittifoqi a'zosi sifatidagi harakatlari batafsil yoritilgan.
- O'zbekiston - Yevropa Ittifoqi aloqalari: Ushbu bob O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlik aloqalari, shu jumladan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi munosabatlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, Germaniyaning O'zbekiston bilan aloqalarida Yevropa Ittifoqining o'rni va roli ham tahlil qilinadi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning afzalliklari va muammolari ko'rsatib o'tilgan.