Huquqshunoslik, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquq tizimi va huquqshunoslik fanining asosiy jihatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda davlat va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, inson huquqlari, maʼmuriy huquq, oila huquqi, ekologiya huquqi, jinoiy huquq kabi sohalar boʻyicha maʼlumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Davlat va huquq nazariyasi asoslari: Ushbu mavzuda davlatning kelib chiqishi, mohiyati, belgilari, shakllari va funksiyalari, huquqning mohiyati, vazifalari, manbalari, huquqbuzarlik turlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: Konstitutsiyaning mohiyati, tuzilishi, asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari, davlat tuzilishi, hokimiyat organlari, saylov tizimi kabi masalalar yoritiladi.
  • Ma'muriy huquq asoslari: Ma'muriy huquqning tushunchasi, tizimi, manbalari, vazifalari, davlat boshqaruvi, ma'muriy javobgarlik, ma'muriy jazo turlari va ma'muriy huquqbuzarlik kabi masalalar o'rganiladi.
  • Oila huquqi asoslari: Oila huquqining tushunchasi, tamoyillari, manbalari, nikoh tuzish tartibi va shartlari, er va xotin, ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlari, farzandlikka olish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Ekologiya va qishloq xo'jalik huquqi asoslari: Ekologiya huquqining tushunchasi, ob'ektlari, vazifalari, O'zbekistonning ekologik siyosati, qishloq xo'jaligi va qishloq xo'jalik korhonalari, qishloq xo'jaligida davlat boshqaruvi kabi masalalar yoritiladi.
  • Jinoiy huquq asoslari: Jinoiy huquqning tushunchasi, vazifalari, tamoyillari, manbalari, jinoyat va jinoyatchilik tushunchasi, jinoiy javobgarlik, jazo tushunchasi va turlari, halqaro huquq kabi masalalar o'rganiladi.
  • Halqaro huquq asoslari: Halqaro huquqning tushunchasi, rivojlanish tarixi, ob'ektlari, funksiyalari, manbalari, huquq tamoyillari, huquq sub'ektlari kabi masalalari yoritiladi.