Тасвирларга рақамли ишлов бериш
Ushbu kitob kompyuter tasvirlari va ularni qayta ishlash usullarini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Unda tasvirlarni qayta ishlashning turli xil usullari, ularning kelib chiqishi, qo'llanilish sohalari va asosiy bosqichlari ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, tasvirlarni kodlash, statistik tahlil qilish, segmentatsiyalash, xalaqitlarni bartaraf etish kabi masalalar ham o'rganiladi.
Asosiy mavzular
- Tasvirlarni qayta ishlashning asosiy yo'nalishlari: Kompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchalari, tasvirlarni yaratishning vektorli va rastrli usullari, kompyuter grafikasi turlari, kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
- Tasvirlarning sinflari va o'zlashtirish turlari: Tasvirlarni shakllantirish usullari, rastrli tasvirlar va ularning asosiy xarakteristikalari, tasvir shaklda taqdim etilgan ma'lumotlarning turlari.
- Tasvirlarga raqamli ishlov berishning qo'llanilish sohalari: Tasvirlarga raqamli ishlov berishning kelib chiqishi, qo'llanilish sohalari (meditsina, yer resurslarini tadqiq qilish, astronomiya), asosiy bosqichlari.
- Tasvir saqlovchilar, uning turlari: Tasvirlarni saqlash usullari haqida umumiy tushuncha, usullarining turkumlanishi, joylashish tartibiga tayangan saqlash usullari, tarkibiy tuzilishi, aralash usullari.
- Tasvirlarni kodlash: Tasvirlarni kodlashtirishning mohiyati, impulbs - kodli modullab kodlashtirish, statistik usullari, takrorlanishlarni kodlashtirish, oldindan aytish yo'li bilan kodlashtirish, tasvirni almashtirish bajarib kodlashtirish, qo'shqiymatli tasvirlarda ortiqchalikni yo'qotish.
- Teksturani tahlillash va tavsiflash: Teksturani ta'rifi va klassifikatsiyasi, tekstrurani belgisi, rang haqida umumiy tushuncha, rangning RGB modeli, rangning SMU modeli, ranglarning boshqa modellari, ranglarni kodlash palitrasi.
- Asosiy matematik operatsiyalar: Matritsalar bilan asosiy operatsiyalar, Fure almashtirishi, filtrlash.
- Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etishning asosiy bosqichlari: Tasvirlarni matematik modeli, tasvirlarni qayta ishlash bu tasvirlarni almashtirish bilan bog'liq masalalar
- Tasvirlarni belgilarini ajratish: Tasvirlarni sinflarga ajratish va tanish, tasvir belgilarini ajratish metodlari, tasvir belgilarini ajratish algoritmlari
- Matematik morfologiya usullari: Matematik morfologiya, Minkov operatsiyalari, Oq-qora gradatsiyali tasvirlarda morfologik operatsiyalar.
- Tasvirlarni statistik tahlili: Tasvirdagi piksellar uchun taqsimot funktsiyasi va taqsimot zichligi.
- CHegara chiziqlarni ajratish usullari: Ayirma adaptiv, gradient ayirma, adaptiv gibrid usullari, CHegara chiziqlarni sifatlash usullari. Chiziqlarni segmentatsiyalash
- 3D rekonstruktsiya: Interpolyatsiya yuzasi, Keng qo'llaniladigan tizimlar