San`at kollejlarida xalq rassomi Abdulla Boltayev ijodini o`rgatish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi 1-sinf "O'qish kitobi" darsligidagi "Biz buyuklar avlodi" bo`limi materiallarini o`rganish yo'llariga bag'ishlangan. Unda O'zbekistonning ta'lim sohasidagi islohotlari, barkamol avlodni tarbiyalashning dolzarbligi, boshlang'ich ta'limning vazifalari va buyuk ajdodlar merosini o'rganishning ahamiyati kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Ishda o'quv materiallarini o'qitish metodikasi, dars ishlanmalari, interfaol usullar va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo'llari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zbekiston – mening Vatanim: Bu bo'lim o'quvchilarni vatan tushunchasi bilan tanishtiradi, uning qiyosi yo'qligiga ishontiradi, uni asrab-avaylashga, u bilan faxrlanishga o'rgatadi. Vatanning o'tmishi va hozirgi kuni haqidagi materiallar ham o'quvchilarda vatanparvarlik, vatanga muhabbat hislarini rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi.
  • Biz – buyuklar avlodi: Bu bo'lim o'quvchilar o'zbek xalqining buyuk xalq ekanligini, uning donishmand farzandlarini butun dunyo bilishini o'rganib, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik sifatlari tarbiyalanadi. Bu bo'limda ular millatimiz faxri boʻlgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Bobur kabi allomalar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishadilar. Ularning hayoti haqidagi rivoyatlarni oʻrganadilar.
  • Koʻklam – yashnaydi olam: Bu bo'limda oʻquvchilar bahor fasli, unda o'tadigan bayramlar, bahorda bajariladigan ishlar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishadilar.
  • Ilm – aql chirog'i: Bu bo'lim ilmga, o'qishga, kitobga mehrni tarbiyalash maqsadini koʻzlaydi. O'quvchilar bu boʻlimni oʻrganish orqali ilmning inson hayotidagi ahamiyatini bilib oladilar. Bilimli bo'lish uchun koʻproq o'qish, oʻrganish lozimligini anglaydilar.
  • Xalq oʻgiti – baxt kaliti: Bu bo'lim xalq ogzaki ijodini o'rganishga bag'ishlangan, bunda 1-sinf o'quvchilarining yoshi, o'zlashtirish xususiyatlariga mos materiallar tanlangan. Asosiy maqsad oʻquvchilarda umuminsoniy sifatlarni, milliy qadriyatlarni tarbiyalashga qaratilgan.
  • Odob – insonga husn: Bu bo'lim insonning eng go'zal fazilatlaridan biri odoblilik haqida gap boradi. Bu bo'limni oʻrganish orqali o'quvchilar kundalik hayotidagi insoniy munosabatlarni, undagi axloq normalarini, umuminsoniy sifatlarni bilib, oʻzlashtirib oladilar.
  • Mehnatning tagi-rohat: Bu bo'limda oʻquvchilar mehnat insonga baxt keltirishini, insonlar hayotida baxtli yashash uchun biror kasbni egallashlari zarurligi haqidagi mavzularni oʻrganadilar. Ularda mehnatga hurmat, mehnatsevarlik, kasb egallashga qiziqish hislari tarbiyalanadi.