KYeMAl3(KYeM=Gd,Ho,Er) va ular asosidagi boratlarning magnit xossalarini kondensirlangan holatda o’rganish

Ushbu magistrlik dissertatsiyasi kamyob Yer metallarning (KYeM) va ular asosidagi birikmalarning magnit xossalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda yuqori temperaturalarda KYeM va KYeMAl3 birikmalarining magnit qabul qiluvchanligi o'lchangan, natijalar tahlil qilingan va nazariy jihatdan tushuntirilgan. Shuningdek, KYeMAl3(BO3)4 boratlarining magnit xossalari ham o'rganilib, ularning kristall panjarasidagi strukturaviy fazoviy o'tishlar bilan bog'liqligi aniqlangan. Dissertatsiyada bilvosita almashinuv o'zaro ta'sirining energetik o'lchovi, Kyuri temperaturasi va de Jen faktori o'rtasidagi bog'lanish ham tadqiq etilgan.

Asosiy mavzular

  • KYeMning elektron tuzilishi: Kamyob Yer metallarining elektron konfiguratsiyasi, ularning kristall panjaradagi joylashuvi va energetik holatlari haqida ma'lumot beriladi.4f-elektronning tugunlararo bevosita ta'siri (f-f-ta'sir) mavjud emas deb qaraladi; ikkinchidan esa, tugunlardagi 4f-elektronlar orasida, spin-orbital (Z * 5) o`zaro ta`sir deb ataladigan, ta`sir kuchli bo`lib, bunda 4f-elektronning S-spin va L-orbital momentlari Rassel-Saunders tipida qo`shilib, ionning to`la mexanik momenti - J Xundning uchinchi qoidasiga asosan topiladi.
  • Paramagnetizmning Van-Flek nazariyasi: Erkin ionlardagi kechikib to`ladigan elektron qobiqdagi elektronlarning energetik sathlari energiyasi E-ni bilgan holda Van-Flek tomonidan ishlab chiqilgan paramagnetizmning kvanto-mexanik nazariyasi natijalaridan foydalanib, shunday erkin ionlar sistemasidagi paramagnit qabul qiluvchanlikning temperaturaga bog`liqligini hisoblash mumkin.
  • KYeMda amal qiladigan bilvosita almashinuv o'zaro ta'sir nazariyasi: Kamyob Yer metallarida magnit tartiblangan holatni 4f qobiq elektronlarning o`tkazuvchan 5d¹ va 6s² -elektronlar (ya'ni tugunlar orasida umumlashgan elektronlar) orqali o`zaro ta`siri hosil qilar ekan. Bunday o`zaro ta`sir f – s f, qisqacha s-f o`zaro ta`sir yoki bilvosita almashinuv o`zaro ta`sir deyiladi.
  • Kamyob Yer metalli boratlarning kristall tuzilishi: RM3(BO3)4 formulaga ega bo`lgan boratlarning kristall tuzilishi xantit minerali [CaMg3(CO3)4] kristall tuzilishi bilan bir xil bo`lib, R32 turdagi fazoviy gruppaga mansubligi aniqlangan. Uch o'lchovli kristall fazosida FeO6 oktaedrlari qirralari bilan shunday bog`langanki, natijada kristallning C3 o`qi bo`ylab o`zaro kuchsiz bog`langan bir o`lchamli vintsimon zanjir hosil bo`ladi.
  • Kamyob Yer metalli boratlarning kondensirlangan holatining paramagnit xossalari: RM3(BO3)4 magnit xossalarini, ularning paramagnit holatida o`rganilgan, ilmiy ishlar bugungi kunda juda kam o`rganilgan. PrBO3 va YbBO3 boratlarning x(T) bog'lanishi Kyuri-Veyss qonuniga bo`y sunar ekan va ular uchun @p-lar aniqlangan.