Samarqand teleskopi yordamida galaktikalar tasvirini olish va galaktikalargacha bo’lgan masofalarni aniqlashning zamonaviy usullarini tahlil qilish.

Ushbu kitobda galaktikalarning kelib chiqishi, tarkibi, tuzilishi, tasnifi va xususiyatlari, shuningdek, galaktikalararo masofalarni aniqlash usullari haqida ma'lumot berilgan. Teleskoplar yordamida kuzatishlar olib borish, teleskopning tuzilishi va ishlash prinsiplari, kuzatishlarni amalga oshirish tartibi ham batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Galaktikalar haqida umumiy ma'lumotlar: Galaktikalarning tarkibi, tuzilishi, tasnifi, asosiy xarakteristikalari, koinotdagi o'rni va evolyutsiyasi, Somon yo'li va boshqa galaktikalar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Galaktikalarning vujudga kelishi: Koinotning umumiy tuzilishi va rivojlanishi, metagalaktika, galaktikalarning shakllanishi va evolyutsiyasi nazariyalari, tortilish qonuni va boshqa fizik qonuniyatlar asosida tushuntiriladi.
  • Samarqand observatoriyasi - kuzatishlar: Samarqand observatoriyasining tarixi, teleskopi va uning xususiyatlari, kuzatishlarni o'tkazish tartibi, teleskopning boshqarish dasturi, galaktikalargacha bo'lgan masofalarni aniqlash usullari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Galaktikalar massalarini aniqlash usullari: Spiral galaktika markazi atrofida yulduzlarning aylanish tezligini o'lchash, virial teoremasiga asoslangan usullar, ularning qiyosiy tahlili bilan yoritilgan.