“O‘zgaruvchan tok zanjirlari” mavzusi bo‘yicha virtual laboratoriya ishini ishlab chiqish.

Ushbu kitobda o'zgaruvchan tok zanjirlarini kompyuterda modellashtirish, ularning uslubiy va dizayn jihatlari, hamda LabVIEW dasturida virtual laboratoriya ishlari yaratish masalalari o'rganiladi. Kitobda Om qonunini tekshirish, fazalar farqini aniqlash, aktiv va reaktiv quvvatlarni hisoblash kabi laboratoriya ishlari modellashtirilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zgaruvchan tok uchun Om qonunini tekshirish: G'altakning induktivligini aniqlash, kondensator sig'imini aniqlash, va o'zgaruvchan tok uchun Om qonunini tekshirish kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
  • O'zgaruvchan tok zanjiridagi fazalar farqini, aktiv, reaktiv quvvat va qarshiliklarni aniqlash: aktiv qarshilik ulangan hol, induktiv g'altagi ulangan hol, kondensator ulangan hol, aktiv qarshilik va induktiv g'altagi ketma-ket ulangan hol uchun, aktiv qarshilik va kondensator ketma-ket ulangan hol uchun, induktiv g'altagi va kondensator ketma-ket ulangan hol uchun, aktiv qarshilik, induktiv g'altagi va kondensator ketma-ket ulangan hol uchun laboratoriya ishlari modellashtirilgan.
  • "Elektr va magnetizm" fanini o’qitishda virtual laboratoriya ishlaridan foydalanish: Virtual laboratoriya ishlarining qulayliklari, ulardan foydalanish uslublari, afzalliklari va o’quv jarayonidagi o’rni batafsil ko’rib chiqilgan.