Jozibali pardozlash

Kitobda O'zbekistonda kosmetika va grim san'atining rivojlanish tarixi, turli yuz terisi turlari va ularni parvarishlash usullari, sahnaviy grim asoslari, makiyaj texnikasi va texnologiyalari, yuz shaklini va qismlarini korreksiyalash masalalari yoritilgan. Kitob kosmetologiya, grim san'ati va makiyajga qiziquvchi o'quvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Gigiyenik va profilaktik parvarish: Yuz terisining turlari, ularning tavsifi va parvarishi, demakiyaj, yuz va bo'yin massaji, qosh va kipriklarni bo'yash va ularni shakllantirish usullari.
  • Sahnaviy grim asoslari: Anatomik grim, yuz qismlarining grimi, to'la va ozg'in yuzning grimi, yosh va qarigan yuzning grimi, xarakterga oid grim, haykaltaroshlik grimi.
  • Makiyaj texnikasi: Makiyajni tasviriy va texnikaviy usullari, yuz shakli va mutanosibligi, makiyaj turlari va ularning maqsadi.
  • Makiyaj texnologiyasi: Oddiy va murakkab makiyaj texnologiyasi, yuz shaklini va qismlarini korreksiyalash usullari.