O'quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish

Ushbu kitob "Optika" fanidan laboratoriya ishlari boʻyicha qoʻllanma boʻlib, unda optik hodisalarni oʻrganish, optik asboblar bilan ishlash, fizik kattaliklarni aniqlash va geometrik optika qonunlarini tekshirish boʻyicha laboratoriya mashqlari keltirilgan. Qoʻllanma oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Shishaning sindirish koʻrsatkichini nina sanchish usuli bilan aniqlash: Yorug'likning shishadan sinishi, sinish qonunini tekshirish, siljishni aniqlash.
  • Mikroskopning tuzilishi va shisha plastinkaning sindirish koʻrsatkichini aniqlash: Mikroskopning tuzilishi, shisha plastinka sindirish ko'rsatkichini aniqlash, sinish qonunini tekshirish.
  • Yigʻuvchi linzaning fokus masofasini aniqlash: Linzaning fokus masofasini aniqlashning turli usullari.
  • Sochuvchi linzaning fokus masofasini aniqlash: Sochuvchi linzaning fokus masofasini aniqlashning turli usullari.
  • Fotoelement yordamida fotoeffekt qonunlarini tekshirish: Fotometrik kattaliklar va fotometriya qonunlarini o'rganish.
  • Spektroskopni darajalash va toʻlqin uzunligini aniqlash: Spektroskopni darajalash, dispersiya hodisasi, spektral chiziqlar to'lqin uzunligini aniqlash.
  • Linzaning egrilik radiusini Nyuton halqalari yordamida aniqlash: Yupqa qatlamlarda interferensiya, Nyuton halqalari, egrilik radiusini aniqlash.
  • Yorugʻlik toʻlqin uzunligini difraksion panjara yordamida aniqlash: Difraksiya hodisasi, difraksion panjara, to'lqin uzunligini aniqlash.
  • Qutblangan yorugʻlikni olish va Malyus qonunini oʻrganish: Qutblangan nurlar olish, qutblanish darajasini aniqlash, Malyus qonunini tekshirish.
  • Eritmalarda yorugʻlikning yutilish koeffitsiyentini aniqlash: Yorug'lik yutilishi, Buger-Ber qonuni, yutilish koeffitsiyentini aniqlash.
  • Lazer nurlari yordamida shisha prizmada toʻla qaytishni oʻrganish: To'la qaytish hodisasi, sindirish ko'rsatkichini aniqlash, geometrik optika qonunlarini tekshirish.
  • Yarim oʻtkazgichli lazerning ishlash tamoyilini oʻrganish: Yarim o'tkazgichli lazer, injeksiya lazer, ish tamoyili, energetik sohalar.