Asalarichilik fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish
Kitob asalarichilikni rivojlantirish, fermer xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish masalalariga bag'ishlangan. Unda asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish texnologiyalari, kasalliklar va ularga qarshi kurash usullari, shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama va marketing xizmatini tashkil etish kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Respublikada fermer xo'jaliklarini tashkil etishning tashkiliy asoslari: Ushbu mavzuda Oʻzbekistonda fermer xo'jaliklarini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari, asalarichilik fermer xo'jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish hamda biznes rejalashtirish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Asalarichilikni sanoat asosidagi rivojlangan fermer xo'jaliklari asosida tashkil etish texnologiyasi: Ushbu bobda asalarichilik sohasini rivojlantirishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi, ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida asalarichilikni tashkil etish, ichki tarmoq va xo'jalik ixtisoslashuvi kabi masalalar o'rin olgan.
- Asalari oilasiga bahorgi xizmat ko'rsatish va oziqlantirish texnologiyasini tashkil etish: Ushbu mavzuda bahorgi ishlov berish, oziqlantirish texnologiyasi, arilarni tekshirish va ularga xizmat ko'rsatish masalalari yoritilgan.
- Arixonalarda asalari oilasini boqish va koʻpaytirishning tezkor texnologiyasini tashkil etish: Asalari oilasini boqishdagi asosiy talablar, koʻchga chiqishning oldini olish, ona asalari yetishtirish, qutili ari oilasini yetishtirish va jo'natish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Koʻchma asalarichilik va uni tashkil qilish texnologiyasi: Ushbu bobda respublika sharoitida koʻchma asalarichilikning afzalliklari, arilarni ko'chirishga tayyorlash va uyalarni joylashtirish kabi masalalari o'rin olgan.
- Asalarilar yordamida qishloq xoʻjalik ekinlarini changlatish texnologiyasi va uning tashkil qilinishi: O'simlik gulini changlantirish, asalari oilasini sershira oʻsimliklarga koʻchirishning samaradorligi, arilar kuchini ekinlar gulini changlatishga jalb etish masalalari yoritilgan.
- Asalarichilik mahsulotlarini sanoat texnologiyasidagi fermer xoʻjaliklari asosida yetishtirish va qayta ishlash: Asalarichilikka ixtisoslashgan yirik fermer xoʻjaliklarining afzalliklari, asal olish, markazlashtirilgan usulda asal olish kabi mavzular yoritilgan.
- Asalarichilikda naslchilik ishlarini tashkil etish: Asalarichilikda asalari oilalarini tanlash, sun'iy usulda ona asalari yetishtirishning turlari, yosh ari oilasini yetishtirish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Asalari kasalliklari va unga qarshi kurash choralarini tashkil etish: Asalari kasalliklari, infeksion kasalliklar va ularni davolash, invazion kasalliklar va ularni davolash, yuqumsiz kasalliklar va ularni davolash, asalari zararkunandalari va yirtqichlari haqida ma'lumot berilgan.
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikda reklama va marketing xizmatini tashkil etish hamda kompyuter texnologiyasidan foydalanish yoʻllari: Ushbu bobda bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikda reklama xizmati, asalarichilikda marketing xizmati, asalarichilikda kompyuter texnologiyasidan foydalanish va asalari oilasining mahsuldorlik darajasi kabi masalalar yoritilgan.