Ахборот хавфсизлиги

Ushbu kitob axborot xavfsizligi sohasidagi asosiy tushunchalar, tahdidlar, himoyalash usullari va zamonaviy texnologiyalarga bag'ishlangan. Unda axborotni himoya qilishning kriptografik, stenografik usullari, shuningdek, kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish vositalari batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga va axborot xavfsizligi masalalari bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Axborotni himoyalash va axborot xavfsizligi: Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi, axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari, axborot xavfsizligi va ma'lumotlarni himoyalash bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlar.
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash: Texnik vositalar bilan himoyalanadigan axborotlarning turlari, axborot chiqib ketish texnik kanallarining tasnifi va tarkibi.
  • Axborotlarni stenografik himoyalash: Zamonaviy kompyuter stenografiyasi, kompyuter stenografiyasi istikbollari.
  • Axborotlarni kriptografik himoyalash: Kriptografiya asosi va asosiy terminlari, zamonaviy kriptografiya.
  • Virus va antiviruslar: Kompyuter virusi tushunchasi, kompyuter viruslarining klassifikatsiyasi.
  • Tarmoqda axborot xavfsizligi va himoyalanish usullari: Kompyuter tarmog'idan foydalanishning imkoniyatlari, tarmoqda axborot himoyalashning maqsadlari.
  • Internet tizimida maʼlumotlar xavfsizligini ta'minlash usullari: Internetda ruxsatsiz kirish usullarining tasnifi, Real Secure tizimi.
  • Elektron pochtada himoyalanish: Login va parol tushunchasi, elektron raqamli imzo.
  • Elektron toʻlov tizimida axborotlarni himoyalash: Elektron to'lovlar tizimi asoslari, identifikatsiyalovchi shaxsiy nomerni himoyalash.