Avtomatika vositalari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
Ushbu o'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda qishloq xo'jaligi tizimlarida ishlatiladigan avtomatikaning texnik vositalari va elementlari, ularning turlari, tuzilishi va ish prinsiplari haqida umumiy ma'lumotlar hamda ularni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish jarayonlarida tadbiq qilish masalalari bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomatika asoslari va texnik vositalar haqida umumiy tushunchalar: Avtomatik nazorat qilinadigan kattaliklar, avtomatika elementlari va ularning asosiy ko'rsatkichlari
- Avtomatika datchiklari: Datchiklar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi, rezistiv, elektromagnitli, sig'imli, generatorli, fotoelektrik, pyezoelektrik, termoelektrik datchiklar
- Avtomatika relelari: Relelar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi, relelarning asosiy ko'rsatkichlari, rele kontaktlarining ekspluatatsion ko'rsatkichlari, elektromagnitli relelar
- Avtomatikaning funksional elementlari: Avtomatik xotirani saqlash uskunalari, avtomatik hisoblash uskunalari
- Avtomatik kuchaytirgichlar: Avtomatik kuchaytirgichlar haqida umumiy tushunchalar, gidravlik kuchaytirgichlar
- Avtomatikaning ijrochi mexanizmlari: Ijro mexanizmlari haqida tushuncha va ularning turkumlanishi, elektr ijro mexanizmlari, elektromagnitli ijro mexanizmlari
- Avtomatik rostlagichlar: Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha va ularning turlari, gidravlik rostlagichlar
- Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning xususiyatlari va boshqarish sxemalari: Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning xususiyatlari, avtomatlashtirishning funksional, strukturaviy, prinsipial, montaj sxemalari
- Dehqonchilikda haydov chuqurligi va kultivatsiya jarayonlarini avtomatlashtirish: Haydov chuqurligini avtomatik rostlash tizimi, kultivatsiya jarayonini avtomatik rostlash tizimlari
- Issiqxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish: Issiqxonalarda o'simlik yetishtirishda haroratni rostlash, havo haroratini avtomatlashtirish, havo haroratini programmalashtirish, isitish tizimi
- Suv taʼminoti va sugʻorish jarayonlarini avtomatlashtirish: Suv tozalash stansiyasining texnologik jarayonlari, suvni saqlash va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish, nasos stansiyalarini avtomatlashtirish
- Chorchilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish: Yem tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish, hayvonlarni oziqlantirish jarayonlarini avtomatlashtirish
- Parrandachilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish: Yem tarqatish jarayonlarini avtomatlashtirish, inkubatorda mikroklimatni avtomatlashtirish, tovuqxonada yoritish tizimlarini boshqarish, tuxum yig'ishtirishni avtomatlashtirish
- Ta'mirlash va servis tizimi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish: Diagnostika jarayonini avtomatlashtirish, dvigatellarni ta'mirlashdan keyin sinash jarayonlarini avtomatlashtirish, yuklarni ko'tarish va tushirish uskunalarini avtomatlashtirish
- Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirish: Pnevmotransport uskunalarini avtomatlashtirish, paxtani quritish jarayonini avtomatlashtirish, chigitga birlamchi ishlov berishni avtomatlashtirish, linterlash mexanizmlarini avtomatlashtirish
- Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish: Mahsulotlarni saqlash omborxonalarini avtomatlashtirish, donni tozalash-quritish jarayonlarini avtomatlashtirish