G`aznachilik
Kitob O`zbekiston Respublikasi budjet tizimi, g`aznachilik faoliyati, uning tashkil etilishi, faoliyat mexanizmlari, qonunchilik asoslari, g`aznachilikda yuritiladigan yagona g`azna hisob raqami, budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini ro`yxatga olish, yuridik majburiyatlar, narxlar monitoringi, moliyaviy majburiyatlarni va to`lovlarni amalga oshirish kabi muhim mavzularni qamrab oladi. U talabalarga g`aznachilik sohasida bilim berish, amaliy ko`nikmalarini shakllantirish va g`aznachilik mexanizmlarining amal qilish xususiyatlarini tushunishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- G`aznachilik fanining mazmuni, predmeti va vazifalari: Fanning mohiyati, maqsad va vazifalari, shakllanish tarixi, boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi
- Davlat budjeti g`azna ijrosining mohiyati va ahamiyati: G`aznachilikning davlat moliyasini boshqarish jarayonidagi roli, byudjet ijrosidagi roli, byudjetning kassa ijrosi
- G`aznachilik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari: Faoliyatning qonuniy-huquqiy asoslari, tashkiliy elementlari, davlat moliyasini boshqarishdagi o`rni va ahamiyati
- G`aznachilik yagona g`azna hisob raqamini yuritish: Yagona g`azna hisob raqamining mohiyati, respublika va hududiy g`aznachilik hisob raqamlarining yuritilishi, budjet daromadlari va xarajatlarini hisobga olish
- G`aznachilikda budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini ro`yxatga olish: Xarajatlar smetalarini tuzish, ko`rib chiqish va tasdiqlash tartibi, o`zgarishlarni ro`yxatga olish
- G`aznachilikda yuridik majburiyatlar va narxlar monitoringi: Yuridik majburiyat tushunchasi, ularni ro`yxatga olish tartibi, narxlar monitoringini amalga oshirish mexanizmlari
- G`aznachilikda moliyaviy majburiyatlarni va to`lovlarni amalga oshirish: Moliyaviy majburiyatlarni qabul qilishning umumiy qoidalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari