O’zbekistonda biofizika fanining shakllanishi va uning tadqiqot usullari

Bitiruv malakaviy ishi biofizika fanining O‘zbekistonda shakllanishi, rivojlanishi va tadqiqot usullari haqida ma'lumot beradi. Unda fanning asosiy yo‘nalishlari, tadqiqot usullari, sohalari hamda bu sohada xizmat qilgan olimlar va ularning ilmiy ishlari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Biofizikaning ilmiy-tadqiqot usullari: Biofizikada qo'llaniladigan turli optik usullar, spektroskopiya, mikroelektrod texnikasi, lazer spektroskopiyasi va nishonlangan atomlar yordamida biologik jarayonlarni o'rganish kabi zamonaviy usullar keltirilgan. Elektron mikroskopiya, spektrofotometriya, Rentgen nurlari difraksiyasi, Fluorestsent zondlar usuli, Doiraviy dixroizm usuli, IK-spektroskopiya usullari, Differentsial spektrofotometriya usuli, Elektron paramagnit rezonans (EPR) usuli, Yadro magnit rezonans usuli, Gel-filtratsiya, ion almashinuv xromatografiyalari usullari, Dezoksiribonuklein kislotalarni poliakrilamid gelida elektroforez qilish yo'li bilan fraksiyalash tahlil qilingan.
  • Biofizikaning sohalari va asosiy prinsiplari: Biofizikaning asosiy sohalari va prinsiplari, molekulyar biofizika, termodinamika qonuniyatlari, biologik tizimlar, ularning dinamik holati, makromolekulalar konformatsiyasi, energiya transformatsiyasi va ularning matematik modellari haqida ma'lumot berilgan.
  • O'zbekistonda biofizika fanining shakllanishi va rivojlanishi: O‘zbekistonda biofizika fanining shakllanishida xissa qo‘shgan olimlar Yolqin Xolmatovich To‘raqulov, Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov, Po'lat Bekmuratovich Usmanov, Sobirov Ravshan Zoirovich, Djanenxodja Kalikulov, Asrorov Muzaffar Islomovich, Maxmudov Erkin Seradjedinovich, Sodiqov Bahodir Asrarovich, Axmadjanov Iskandar G'ulomovich, Kuchkarova Lyubov Solijanovna, Nosirov Qobil Erkinovich va Merzlyak Pyotr Grigorevichlarning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan.