Стратегик маркетинг
Ushbu kitob marketing sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, tadbirkorlar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingning roli, strategik rejalashtirish, narxlash siyosati va kommunikatsiya strategiyalari kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitobda marketingning nazariy asoslari va amaliy qo'llanilishi, shuningdek, O'zbekiston sharoitida marketingni rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada (firmada) marketingning roli: Ushbu mavzu marketingning g'oyaviy asoslari, iste'molchini ustunlik tamoyili, marketing sohalari va uning strategik ahamiyatini ochib beradi. Bozor munosabatlarini takomillashtirishda marketingning ahamiyati va o'ziga xos xususiyatlari yoritiladi.
- Marketing va ehtiyojlarning qondirilishi: Inson ehtiyoji va iqtisodiy muhit, ehtiyoj turlari, Maslou piramidasi bo'yicha ehtiyojlar tasnifi, sanoat xaridorlari motivatsiyasi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Bozor segmentatsiyasi vositasida ehtiyoj tahlili: Makro va mikro segmentlashning ahamiyati, segmentlash mezonlari, segmentlash strategiyasi va uning amalga oshirilishi bosqichlari tahlil qilinadi.
- Bozorning jalb etuvchanligi tahlili: Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari, birlamchi talab tahlili, товар ҳаёт циклининг модели ва талабни башорат қилиш услублари ёритилади.
- Firmaning raqobatbardoshligini tahlili: Raqobat va raqobatli afzallik tushunchasi, raqobatli holatni tahlil qilish, xarajatlar bo'yicha afzallik va tovarning raqobatbardoshligini oshirish yo'llari ko'rib chiqiladi.
- Marketing strategiyasini tanlash: Faoliyat yo'nalishi portfelini tahlil qilish, rivojlanishning asosiy strategiyalari, o'sish strategiyalari va raqobatichilik strategiyasi yoritiladi.
- Sotish kanali bo'yicha strategik qarorlar: Sotish kanallari tushunchasi, sotish kanalining konfiguratsiyasi, bozorlarni qamrab olish strategiyalari, savdo marketingi va interaktiv marketing kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Narxni tashkil etish bo'yicha strategik qarorlar: Narxning marketing strategiyasidagi roli, xarajat, talab, raqobat nuqtai nazaridan narx tahlili yoritiladi.
- Kommunikatsiya bo'yicha strategik qarorlar: Marketingda kommunikatsiyaning roli, shaxsiy muloqot, reklamaning kommunikatsiya jarayoni kabi masalalar o'rganiladi.
- Strategik marketing rejasi: Strategik rejalashtirish rolini asoslash, marketingni strategik rejalashtirish jarayonining mazmuni, strategik mo'ljal va maqsadni tanlash masalalari yoritilgan.