Bolalarda hamshiralik parvarishi

Ushbu kitobda bolalar hayotining turli bosqichlarida hamshiralik parvarishining asosiy jihatlari, kasalliklar va shoshilinch holatlarda ko'rsatiladigan yordam ko'nikmalari yoritilgan. Kitob tibbiyot kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Bolalarda hamshiralik parvarishi faniga kirish: Fan tarixi, hamshiralik parvarishining xususiyatlari, bolalarning psixologik rivojlanishi, bemor bolalar bilan muloqot qilish, tibbiyot hamshirasiga qo'yiladigan talablar, parvarish nazariyasi, axloqiy me'yorlar, bola huquqining konvensiyasi, hamshiralikning axloqiy prinsiplari va muloqot usullari.
  • Bolalarning o'sishi va rivojlanishi: O'sishga ta'sir qiluvchi omillar (genetik, tashqi muhit, ijtimoiy), bolalik davrlari (homila ichi, chaqaloqlik, ko'krak, bog'cha, maktabgacha, kichik maktab, katta maktab), jismoniy va psixomotor rivojlanish, tana og'irligi, bo'yi, bosh aylanasi, ko'krak qafasi aylanasi, jismoniy rivojlanishni baholash, antropometriya, asab-ruhiy rivojlanish, tekshirishlar.
  • Bolalarni davolash, profilaktika va bolalar muassasalarida hamshiralik parvarishi va ijtimoiy yordam: Oilaviy poliklinika va QVPdagi hamshiralik parvarishi, shifoxonada parvarish, muassasa tuzilishi, asosiy tibbiy hujjatlar, vazifalar, parvarish qoidalari.
  • Go'daklik va kichik yoshdagi bolalarga hamshiralik parvarishi: Oy-kuni yetib tug'ilgan chaqaloqlarning xususiyatlari, hamshiralik parvarishlash, chaqaloqlardagi asfiksiya, tug'ruq jarohatlari va chaqaloqlarning gemolitik kasalliklari, teri va kindik kasalliklari, Sepsis, Bolalarda birdaniga oʻlim sindromi, Muddatiga yetmay tug'ilgan chaqaloqlarga hamshiralik parvarishi, chaqaloq ovqatlantirish.
  • Kasalliklarda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi: Nafas olish a'zolari kasalliklari (o'tkir rinofaringit, surunkali tonzillit, o'tkir laringotraxeobronxit, pnevmoniya, bronxial astma), Qon aylanish a'zolari kasalliklari (Yurakning tug'ma nuqsonlari, Revmatizm), Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari (Stomatit, Enterobioz, Pilorospazm) va boshqa kasalliklarni parvarishlash.