Veterinariya ishini tashkil qilish

Ushbu kitob veterinariya ishini tashkil etish, yuritish, veterinariya hisob-kitoblari, oylik, kvartal, hisobotlarni topshirish va veterinariyada kerak bo'ladigan jurnallarni yuritish usullarini o'z ichiga oladi. O'quv qoʻllanma kollej oʻquvchilari, bakalavrlar uchun moʻljallangan. Kitobda epizootik kasalliklarga qarshi kurash boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Veterinariya to'g'risidagi qonun hujjatlari: Qonunchilik asoslari, veterinariya xizmatining vazifalari, veterinariya xizmatini boshqarish, veterinariya xizmatini moddiy va moliyaviy ta'minlash, davlat veterinariya inspektorlari
  • Veterinariya xizmati: Davlat veterinariya xizmatining vazifalari, xususiy veterinariya faoliyati, veterinariya mutaxassislarining huquqlari va vazifalari
  • Hayvon va chorvachilik mahsulotlari egalarining huquq hamda vazifalari: Hayvon egalarining huquqlari, hayvon va chorvachilik mahsulotlari egalarining vazifalari
  • Hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganida karantin belgilash va uni bekor qilish tartibi: Karantin yoki cheklashlar, epizootik kasalliklarga qarshi favqulodda komissiyalar
  • Veterinariya hisob-kitobi: Veterinariya hisob-kitobi yagona sistemada davlat tomonidan tashkil qilinishi, birlamchi veterinariya hisob-kitobi va veterinariya hisob-kitobi hujjatlari