Samdu o‘quv yuklamalar bazasini yaratishni loyihalash va dasturiy ta’minotini yaratish.

Ushbu kitob ta'lim tizimidagi oʻquv jarayonini tashkil qilish masalalarini sifat jihatidan yaxshilash, axborot texnologiyalarini keng joriy etish uslublarini yaratishga bag'ishlangan. Unda oliy ta'lim muassasasining oʻquv yuklamalari maʼlumotlar bazasini loyihalash, ishlab chiqish va uning dasturiy taʼminotini yaratish masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Ma'lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari va yaratish asoslari: Ma'lumotlar bazasining asosiy tushunchalari, loyihalash, modellari va yaratish tizimlari. Bazani tahrirlash uchun amaliy dastur ishlab chiqish vositalari.
  • Oliy ta'lim muassasining oʻquv yuklamalarini hisoblash tizimining tafsilotlari: Oʻquv yuklamalarni vaqt me'yorlari bo'yicha hisoblashni formallashtirish, kafedraning umumiy yuklamasini shakllantirish, taqsimotini amalga oshirish jarayoni.
  • Oʻquv yuklamasini hisoblash va uni taqsimotini amalga oshirish dasturiy ta'minotining tavsifi: Maʼlumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish, dasturiy ta'minotning mantiqiy strukturasi, fizik jihatdan yaratilishi, dastur yordamida oʻquv yuklamasini hisoblash va taqsimlash.