Kompyuter tizimlari unumdorligini baholashda Markov zanjirlarini qo‘llash

Ushbu kitob kompyuter tarmoqlarining unumdorligini baholashda Markov zanjirlarini qo'llash masalalariga bag'ishlangan. Kitobda kompyuter tizimlarining ishlashini modellashtirish va optimallashtirish uchun Markov zanjirlari asoslari, ularning xususiyatlari va qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda matematik modellashtirish, hisoblash eksperimentlari va natijalarni tahlil qilish usullari ham ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Xisoblash jarayonlarini Markov zanjirlari asosida ifodalash: Markov jarayoni va zanjiri tushunchalari, o'tish ehtimolliklari matritsasi, holatlari buyicha diskret va uzluksiz Markov tasodifiy jarayonlari, Kolmogorov differensial tenglamalari sistemasining yechimi va xolatlarni hisoblash.
  • Amaliy masalalarni yechishda operativ xotiradan foydalanish: Operativ xotiradan foydalanishni tashkil etish, dastur va ma'lumotlar sohalari, ishlov jarayoni, vaqt diagrammasi, hisoblash va kiritish-chiqarish bosqichlari.
  • Hisoblash jarayonlarini Markov jarayoni sifatida ifodalash: Hisoblash jarayonining keyingi holati, o'tish ehtimollari matritsasi, hisoblash boshlang'ich bosqichi, kiritish-chiqarish bosqichi, algoritmlarning murakkabligi.
  • Markov zanjirlari yordamida kompyuter tarmog'ining modelini yaratish: Kompyuter tizimini graf ko'rinishida ifodalash, tizim xolatlari, o'tish extimolliklari, diskret xolatli Markov jarayonlari, Kolmogorov modeli asosida tadqiq qilish.
  • Kompyuter tizimi xolatlarining Markov-Kolmogorov tipidagi matematik modeli asosida hisoblash eksperimentlari o'tkazish: Hisoblash eksperimenti texnologiyasining mohiyati, modellashtirish uslubi, abstrakt va fizik guruhlar, matematik modellar, algoritmlar va dasturlar.