Suv ta’minoti va oqova suv tizimlarining asoslari
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi talablari asosida kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, suv taʼminoti va oqova suv tizimlarining asosiy tamoyillari, hisoblash usullari, inshootlar turlari, ularning tuzilishi, ishlash tartibi kabi masalalarni oʻz ichiga oladi. Kitobda suvni tozalash, suv havzalarini muhofaza qilish, kanalizatsiya tizimlari va inshootlariga oid ma'lumotlar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Suv iste'moli va uning ishlash tartibi: Aholi va sanoat korxonalari uchun suv iste'molining asosiy turkumlari, suv iste'mol qilish me'yorlari, aholi turar joyidagi kunlik hisobiy suv sarfini aniqlash, suv ta'minoti tizimlari va ularning klassifikatsiyasi, hamda suv ta'minoti tizimining ish tartibi, suv iste'molining kun davomidagi tartibi, suv uzatish va suv ta'minoti inshootlarining ishlash tartibi, yong'in holatida suv uzatish va taqsimlash tizimlarining ishlash tartibidagi o'ziga xosliklar, va boshqaruvchi va zaxira sig'imlarining hajmini aniqlash.
- Suv uzatish tizimini hisoblash va suvni taqsimlash: Suv uzatish quvurlari va suv tarmoqlarining umumiy xususiyati, iste'molchilarning suv oʻtkazuvchi tarmoqlardan suv olishi, suv oqimlarini taqsimlash ifodalari, suv uzatish tarmoqlari nasos bekatlari va boshqarish sig'imlarining oʻzaro birga ishlashi, zonali suv ta'minlash tizimlari va ularning turlari
- Suv uzatish tarmoqlari va suv oʻtkazish quvurlarining tuzilishi: Suv ta'minotida ishlatiladigan quvurlar, suv uzatish va taqsimlashda ishlatiladigan armaturalar, quduqlar va kameralar.
- Suv manbalari, tabiiy suv sifati, suv manbalaridan suv oluvchi inshootlar: Tabiiy suv manbalari va ularga qo'yiladigan talablar, iste'molchilarning suv sifatiga boʻlgan talablari, yerosti suvlarining hosil boʻlishi va yer ostida joylashishi, suv oluvchi inshootlarning turlari va ularni joylashtirish joyini tanlash.
- Tabiiy suvlarga ishlov berish: Tabiiy suvlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari, tabiiy suvlarga ishlov berish usullari, suvlarga ishlov berishning asosiy texnologik usullari, koagulatsiyalash, reagent xo'jaligi va miqdorlovchilar, reagentlarni suv bilan aralashtirish, reaksiya kamerasi.
- Oqova suvlarni oqizish va tozalash: Oqova suvlarni oqizish tizimlari, kanalizatsiya ta'rifi va oqova suv turkumlari, kanalizatsiyaning umumiy chizmasi va uning asosiy elementlari, kanalizatsiya tizimlari, kanalizatsiya tizimini ta'minlash tizimlarning afzalligi va kamchiliklari.
- Oqova suvlarni tozalash usullari: Oqova suvlarni tozalash usullari, oqova suvlarni mexanik tozalash inshootlari, qum tutgichlar, tangensial qumtutkichlarni hisoblash,qum maydonchasi, qum bunkerlari, tindirgichlar, birinchi tindirgichlar, ikki qavatli tindirgichlar
- Sun'iy Yaratilgan Sharoitda Oqova Suvlarni Biologik Tozalash: Sun'iy yaratilgan sharoitda oqova suvlarni biologik tozalash,biologik filtilar, sun'iy yaratilgan sharoitda oqova suvlarni biologik tozalovchi inshootlarni hisoblash, aerobli biologik tozalash usullari, aerobli tindirgichlar.
- Cho'kindilarga ishlov berish va zararsizlantirish: Choʻkindilarga ishlov berish usullari. Achitish va zararsizlantirish inshootlari, metantenk, aralashtirgichlar.