Topografiya va kartografiya asoslari

Ushbu kitob geodeziya va kartografiya asoslariga bag'ishlangan bo'lib, geografiya, geodeziya, kartografiya fanlarini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Kitobda kartografik proyeksiyalar, xaritalarning turlari, ularni tuzish usullari, shartli belgilar, generalizatsiya, geoinformatika kabi mavzularga oid ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Kursning maqsadi, vazifalari, fanining rivojlanish tarixi, O'rta Osiyolik olimlarning topografik va kartografik fanini rivojlantirishdagi xizmatlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Topografiya va kartografiya asoslari fanining maqsadi, mazmuni,predmeti va vazifalari: Topografiya fanining maqsadi, mazmuni, predmeti va vazifasi. Kartografik fanlar va ularning matematika, geodeziya, geografiya, geomorfologiya, statistika va boshqa bir qancha fanlar bilan aloqasi. Fanni geografik fanlar tizimida va geografiya yoʻnalishi bakalavrlarini tayyorlashda tutgan oʻrni haqida ma'lumot beriladi.
  • Joyda geodezik ishlarni olib borish to`g`risida qisqacha tarixiy ma'lumot: Geodeziyaning rivojlanish tarixi, ahamiyati va tarmoqlarga boʻlinishi haqida ma'lumot beriladi. Geodezik ishlarni olib borish to'g`risida tarixiy maʼlumotlar beriladi.
  • Yerning matematik modeli: Yerning shakli va o`lchamlari. Geografik koordinatalar. To`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi. Yer yuzasidagi nuqtaning balandligi haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Burchak o`lchash usullari oriyentirlash burchaklari: Oriyerntirlashning mohiyati va oddiy usullari. Magnit strelkasining og`ish burchagi. Kompas. Oriyerntirlash burchaklari. Azimut, direksion burchak va rumb haqida ma'lumot beriladi.
  • Teodolit va u bilan burchak o`lchash: Teodolit tuzilishi, ishlash tartibi, o'rnatish qismlari, ish qismlari, turlari, tekshirish, texnikaviy optik teodolitlar, gorizontal burchak oʻlchash usullari haqida ma'lumot beriladi.
  • Nivelirlash turlari, geometrik, trigonometrik, gidrostatik va boshqalar: Nivelirlash usullari, geometrik nivelirlash, trigonometrik nivelirlash, barometrik nivelirlash, mexanik nivelirlash. Gidrostatik nivelirlash, stereofotogrammetrik nivelirlash haqida ma'lumot beriladi.
  • Topografik karta va uning elementlari: Topografik kartaning matematik, geografik va yordamchi elementlari, shartli belgilari, proyeksiyasi haqida ma'lumot beriladi.
  • Topografik kartalarning varaqlarga bo`linishi va nomenklaturasi: 1:1000000 masshtabli topografik kartaning nomenklaturasi. 1:100000 masshtabli topografik kartaning varaqlarga bo`linishi. Topografik va obzor-topografik kartalari bir varag`i (trapetsiyasi)ning kattaligi va nomenklaturasi haqida ma'lumot beriladi.
  • Topografik kartalarning mazmuni: Topografik kartalarning geografik mazmuni, gidrografik ob'ektlarining tasvirlanishi, relyefni tasvirlanishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Menzula va u bilan plan olish: Menzula bilan plan olish mohiyati va avzalliklari. Menzula bilan plan olishda qoʻllaniladigan asboblar. Menzula va uni tekshirish. Kipregel va uni tekshirish. Menzula taxtasini (planshet) tayyorlash. Balandlik kalkasini tayyorlash va rasmiylashtirish. Tafsilotlarni planga tushirish haqida ma'lumot beriladi.
  • Aerofototopografiya, aero va kosmik fotosyomka: Aerofotos'emkalash haqida tushuncha, aerofotos'yomkalash yoʻllari. Aerofotos'emkalarni deshifrirovka qilish haqida ma'lumot beriladi.
  • Kartografiya va boshqa kartografik asarlar: Kartografiya ta'rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari. Geografik globus haqida ma'lumot beriladi.
  • Kartografiyaning matematik asoslari: Kartografik proyeksiyalar haqida tushuncha, ularning tasnifi, Dunyo kartalarini tuzishda ishlatiladigan proyeksiyalar, yarim sharlar, materiklar va okean kartalari proyeksiyalari haqida ma'lumot beriladi.