Zoologiya (umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi)

Ushbu kitob umurtqasiz hayvonlarning zoologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari asosida tuzilgan. Qo‘llanmada umurtqasiz hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, oziqlanishi, sistematikasi va ekologiyasi kabi asosiy mavzular qamrab olingan. Har bir laboratoriya mashg‘uloti uchun kerakli jihozlar, nazariy ma’lumotlar, ish tartibi, topshiriqlar va nazorat savollari keltirilgan. Shuningdek, qo‘llanmada mikroskop bilan ishlash, preparatlar tayyorlash va hayvonlarni o‘rganish usullari ham batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalaniladigan asbob-uskunalar: Laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlatiladigan asosiy asbob-uskunalar (mikroskoplar, pinsetlar, skalpellar, preparat tayyorlash anjomlari) va ularning vazifalari, ishlatish qoidalari haqida ma’lumot beriladi.
  • Sarkodalilar sinfi vakillarining tuzilishi, oziqlanishi va ko‘payishi: Sarkodalilarning umumiy tuzilishi, harakatlanish usullari (soxta oyoqlar), oziqlanishi (fagotsitoz), ko‘payishi (bo‘linish), vakillari (amyobalar) haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Xivchinlilar sinfi vakillarining tuzilishi, oziqlanishi va ko‘payishi: Xivchinlilarning tuzilishi, harakatlanishi (xivchinlar), oziqlanishi (avtotrof, geterotrof), ko‘payishi (bo‘linish), vakillari (volvoks, evglena) haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Sporalilar sinfi vakillarining taraqqiyot sikli. Gregarinaning tuzilishi, oziqlanishi va ko'payishi: Sporalilarning hayot sikli, gregarinalarning tuzilishi, oziqlanishi va ko‘payishi, vakillari haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Bezgak plazmodiysining taraqqiyot sikli: Bezgak plazmodiysining odam va chivindagi hayot sikli, parazitlik usullari haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Infuzoriyalar tipi vakillarining tuzilishi, oziqlanishi, harakatlanishi va ko`payishini o`rganish: Infuzoriyalarning tuzilishi, oziqlanishi, harakatlanishi, ko‘payishi, vakillari (tufelka) haqida ma’lumotlar berilgan.
  • So`ruvchi infuzoriyalar (Suctoria)sinfi: So`ruvchi infuzoriyalarning tuzilishi, oziqlanishi, harakatlanishi va ko‘payishini haqida ma’lumotlar berilgan.
  • G`ovaktanlilar tipining tuzilishi, oziqlanishi va ko`payishi. Bodyaga misolida: G`ovaktanlilarning tuzilishi, oziqlanishi, harakatlanishi va ko‘payishini haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Bo`shliqichlilar tipi. Chuchuk suv gidrasining tuzilishi, oziqlanishi va ko`payishi: Bo`shliqichlilarning tuzilishi, oziqlanishi, harakatlanishi va ko‘payishini haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Marjon poliplar tuzilishi, ko`payishi va oziqlanishi. Obeliya polipi koloniyasining tuzilishi, ko`payishi: Marjon poliplarining tuzilishi, oziqlanishi va ko’payishi haqida tushunchalar berilgan.
  • Ssifoid meduzalar sinfi vakillarining tuzilishiva rivojlanishi: Ssifoid meduzalar sinfi tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • Yassi chuvalchanglar tipi. Kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillarining tuzilishi va rivojlanishi: Yassi chuvalchanglar tipi. Kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillarining tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • So`rg`ichlilar sinfi. Jigar qurtining tashqi va ichki tuzilishi: So`rg`ichlilar sinfi. Jigar qurtining tashqi va ichki tuzilishiga bag`ishlangan.
  • Tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillarining tuzilishi va rivojlanishi. Qoramol tasmasimonining tuzilishi: Tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillarining tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • To`garak chuvalchanglar tipi. Odam askaridasining tuzilishi, oziqlanishi va taraqqiyoti: To`garak chuvalchanglar tipi vakillarining tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • Halqali chuvalchanglar tipi. Nereisning tuzilishi, oziqlanishi va rivojlanishi: Halqali chuvalchanglar tipi vakillarining tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • Kam tuklilar sinfi. Yomg`ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi: Kam tuklilar sinfi vakillarining tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • Tibbiyot zulugining tuzilishi, oziqlanishi va ko`payishi: Zuluklarning tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • Bo`g`imoyoqlilar tipi. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi, oziqlanishi va taraqqiyoti: Daryo qisqichbaqasi tashqi tuzilishiga bag`ishlangan.
  • Dafniya va siklopning tuzilishi va rivojlanishi: Dafniya va siklopning tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan
  • O'rgimchaksimonlar sinfi. O`rgimchaklarning tuzilishi, oziqlanishi va taraqqiyoti. (Butli o`rgimchak va solpuglar misolida): O'rgimchaksimonlar sinfi vakillarning tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • Hasharotlarning morfologiyasini qora suvarak misolida o`rganish: Hasharotlarning tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.
  • Hasharotlar sinfining ichki tuzilishini qora suvarak misolida o`rganish: Hasharotlarning tuzilishi va biologik xususiyatlariga bag`ishlangan.