Web interaktiv xizmatlar

Ushbu kitob informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha qo'llanma bo'lib, web interaktiv xizmatlarga bag'ishlangan. Unda internetdan foydalanish yo'llari, kompyuterdan foydalanish, zamonaviy hisoblash texnikasi vositalarida ishlash, kompyuter savodxonligini oshirish usullari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Interaktivlik tushunchasi: Interaktivlik deganda, texnik vositalar, kompyuter, dasturlar hamda foydalanuvchilar orasidagi muloqatni tashkil etish tushuniladi. Kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, kompyuter bilan muloqat o'rnatamiz.
  • Interaktiv xizmatlar tushunchasi: Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy manfaat mavjud bo'lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan.
  • Interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy vositalar sharhi: Interaktiv davlat xizmatlari - idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmogʻi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda koʻrsatiladigan xizmatlar.
  • Interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy ta'minotlarni loyihalash va yaratish asoslari: Interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy vositalarni yaratish internet muxiti orqali amalga oshiruvchi dasturiy ta'minot yaratish uchun elektron ma'lumotlar bazasidan foydalanish zarur bo'ladi.
  • Web saytlarni loyihalashtirish va ishlab chiqish bosqichlari: Web-saytni yaratish masalalari boʻyicha mutaxasislar bilan oldindan maslahat oʻtkazish; Web-sayt kosepsiyasini tadqiq qilish va Web-saytning dinamik qismi uchun masalani kundalang qoʻyish; Web-saytni ishlab chiqish (tadqiq etish).
  • Internet tarmog'i orqali ko'rsatiladigan interaktiv xizmat turlari: Transport vositalarning harakatlanish jadvali; Avia reyslar jadvali; Temir yo'l transporti qatnovi jadvali; Bank xizmati ma'lumotlari va valyuta kurslari; Ob havo ma'lumotlari; Yangiliklar; Ish o'rinlar birjalari; Sport yangiliklari.
  • Interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy ta'minotning foydalanuvchi interfeysini yoritish: Foydalanuvchi interfeysi sodda, foydalanish uchun qulay bo`lishi kerak, aks holda esa tez unutiladi. Web sahifalar shunday sodda bo`lishi kerakki, yangi foydalanuvchilar qiyinchiliksiz ushbu web – sahifalardan foydalana olishlari kerak.