Corel draw dasturida effektlar bilan ishlash
Ushbu kitob Corel DRAW grafik muharriri bilan ishlash asoslarini, undagi instrumentlar va funktsiyalarni o'rgatuvchi qo'llanma. Kitobda dasturning interfeysi, asosiy tushunchalar, turli xil effektlar, grafik formatlar va boshqa muhim ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kompyuter grafikasi haqida tushuncha: Mashina grafikasi, ob'ektlarning hajmli modellari, EXMlar yordamida tasvirlash, yangi informatsion texnologiyalar, programmaviy vositalar, videofilm kadrlari, animatsiya, namoyish grafikasi, geometrik modellashtirish, grafik interfeyslar, iqtisodiyot sohasida qo'llanilishi.
- Corel Draw dasturlari paketi haqida umumiy ma'lumotlar: Vektor grafikasi printsipi, illyustratsiyalarni yaratish va tahrirlash, turli grafik kompozitsiyalarni yaratish imkoniyatlari, dinamik interaktiv instrumentlar, turli hil effektlar, HTML va PDF formatlarida tayyorlash, ranglar palitrasi.
- Corel DRAW grafik muharriridagi asosiy dasturlar: Dastur fayllari, Ma'lumot beruvchi fayllar, O`rgatuvchi dasturlar va namunalar, Konturlar va zalivkalar, Makroslar va zagotovkalar, Corel PHOTO - PAINTS qismlari.
- Grafika paneli. Interaktiv instrumentlar: Asar yaratish uchun zarur bo`lgan instrumentlar, ob'ektlarning rangini, shaklini o`zgartiruvchi qo`shimcha instrumentlar, Pick, Shape, Zoom, Rectangle, Polycon, Text, Eyedropper, Fill instrumentlari va ularning vazifalari.
- Asosiy menyu: Menyu satri, fayl, edit, ko'rinish, maket, elementlar, matn, asboblar va darchalar menyulari
- Atributlar paneli: Property Bar - hozirgi daqiqada qanday instrument yoki ob'ekt faol bo'lsa shunga qarab tarkibi va instrumental vositalari o`zgarib turuvchi panel hisoblanadi.