Атмосфера физикаси

Ushbu kitob atmosfera fizikasi kursining ma'ruzalar matni bo'lib, unda atmosfera, uning tarkibi, tuzilishi, dinamikasi, termodinamikasi, radiatsiya rejimi, suv rejimi kabi asosiy masalalar batafsil yoritilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq tuzilgan.

Asosiy mavzular

  • Atmosfera to'g'risida umumiy ma'lumotlar: Yer sirti yaqinida quruq havoning tarkibi, uning balandlik bo'yicha o'zgarishi, atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid gazi va ozonning o'rni, atmosfera aerosolining ahamiyati bayon etiladi.
  • Atmosferada bosim taqsimoti: Atmosfera statikasining asosiy tenglamasi, barometrik formulalar, geosferik tushunchalar, izobarik sirtlarning mutlaq va nisbiy balandligi, barik tizimlar haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Atmosfera termodinamikasi asoslari: Asosiy tenglamalar, adabiatik jarayon, potensial harorat, nam adabiatik jarayonlar, konveksiya, atmosfera turg'unligi, Termodinamik grafiklar yoritiladi.
  • Atmosferaning radiatsiya rejimi: Quyosh radiatsiyasi, spektral tarkibi, Quyosh doimiysi, atmosferada quyosh radiatsiyasining yutilishi va sochilishi, atmosfera shaffofligi, yutilgan qismining aniqlanishi, yer sirti va atmosferaning uzoq to'lqinli nurlanishi, effektive nurlanish kabi atamalarga yechim berilgan.
  • Yer sirti va atmosferaning issiqlik holati: Yer sirtining issiqlik balansi tenglamasi, yer sirti haroratining o'zgarishlari, issiqlikning tuproq va suvda tarqalishi, konvektiv va turbulent issiqlik oqimlari, atmosfera uchun issiqlik uzatilishi tenglamasi hamda radiatsion sovuq kunlarda atmosfera qanday isish mexanizmga ega bo'lishi yoritilgan.
  • Atmosferaning suv rejimi: Er sharida namlik aylanishi haqida umumiy ma'lumotlar, atmosferada suv bug'ining ko'chishi tenglamasi, taibiy sharoitda bo'glanish, atmosferada havo namligining o'zgarishi, er sirti gidrometeorlari batafsil yoritilgan.
  • Atmosfera dinamikasi asoslari: Atmosferada ta'sir etuvchi asosiy kuchlar, geostrofik shamol. shamolning barik qonuni, gradiyent shamol. Mahalliy aylanishlar, atmosfera chegeraviy qatlamida eshqalanishning shamol tezligi va yo'nalishiga ta'siri berilgan.