MDY tuzulmalarda tok tashuvchilar haraktiriatikalariga tashqi ta’sirlarni o’rganish

Dissertatsiyada yarimo'tkazgichlar sirtida elektron hodisalari, metall-dielektrik-yarimo'tkazgich (MDYA) tuzilmalarida chegara bo'limi xossalariga tashqi ta'sirlarning o'rganilishi, sirt potensialini o'lchash usullari va turli tashqi ta'sirlarning material elektrofizik xususiyatlariga ta'siri kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Asosiy e'tibor MDYA tuzilmalarida tok tashuvchilar harakatini o'rganishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Yarimo'tkazgichlar sirtida elektron hodisalar nazariyasi: Sirtiy holatlar va sirtiy zaryadlar, hajmiy va sirtiy zaryadlar, sirtning energetik diagrammasi, hajmiy zaryad zichligi, FZS da elektrostatik potensial taqsimoti, sirtiy va hajmiy zaryadlarning zonalar egilishiga bog'lanishi, sirtiy holatlar zaryadi QSS, metall-dielektrik-yarimo'tkazgich strukturaning volt-farada xarakteristikasi nazariyasi.
  • O'lchash usullari: Metall-dielektrik-yarimo'tkazgich strukturalarni relaksatsion va yuqori chastotali volt-farad xarakteristikalarini o'lchash usullari, dinamik kondensator usuli, statik kondensator usuli va sirt potensialini o'lchash usullari.
  • MDYA tuzilmalarda chegara bo'limi xossalariga tashqi ta'sirlarni o'rganish natijalari: Si - shisha fazalararo chegara bo'limi xossalariga proton nurlanishli ishlov ta'siri, metall - shisha - yarimo'tkazgich tuzilmalar xossalariga ultratovushli ishlov ta'siri, qo'rg'oshin – bor – silikatli shisha tuzilmasida turadigan harakatchan zaryad kattaligiga ultratovush ta'siri, fotosezgir metal - dielektrik - yarimo'tkazgich tuzilmalar relaksatsion xarakteristikalariga o'ta yuqori chastotali ishlov ta'siri.