Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedagogik asoslari
Ushbu bitiruv malakaviy ish o`quvchilarni o`rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, ijodkor yoshlarni tarbiyalashga qodir bo`lgan pedagoglar uchun didaktik hamda metodologik vositalardan biri bo`lib xizmat qiladi. Unda, bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi, pedagogika fanining dolzarbligi, bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati kabilar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. O`quvchilar texnika ijodkorligining mohiyati va tushunchalari: O`qitish jarayonida maktablardagi to`garak mashg`ulotlarida, maktabdan tashqari muassasalarda o`quvchilar ijodiy faoliyatini o`stirish muammosi katta ijodiy va iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligi aytiladi. Fan va texnikaning aniq turlari bo`yicha o`quvchilar ijodiy faoliyatini aktivlashtirish umumta'lim predmetlari, mehnat ta`lim o`qituvchilari va to`garak rahbarlarining eng muhim vazifasidir.
- Texnik ijodkorlikning xususiyatlari: Mehnatkashlarning ijodiy aktivligini oshirish ko`prok ularning kashfiyotchilik va ratsionalizatorlik faoliyatiga tayyor ekanliklariga bog`liqdir. Ishlab chiqarishda o`zlarining mehnatlariga ijodiy yondashuvchilar faqat ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari va ilmiy texnika bilimlarini chuqur bilishdan tashqari kashfiyotchilik va ratsionalizatorlik sohasidagi bilim va ko`nikmalarni ham egallashlari zarurdir.
- Kashfiyotning ijodiy texnikaviy tashkiliy asoslari: Ixtiro bu xalq xo`jaligidagi, ijtimoiy-madaniy qurilish hamda mudofaa, texnik masalalarni yechishda yangi va butunlay farq qiladigan foyda beradigan texnik yechimdir. Ixtiro bilan kashfiyotning farqi shundaki, kashfiyot oddiy dunyoning xossalarini va qonunlarini o`rganadi, ixtiro esa oldindan ma`lum bo`lmagan texnik yechimning yaratilishidir.
- Ixtiro. Oqilona tashkil etish takliflari: Ratsionalizatorlik takliflari zavodlarda, korxolnalarda beriladi. Agar takliflar korxonalar uchun yangilik bo`lib, ko`proq foyda keltirsagina, ratsionalizatorlik takliflari deb tan olinadi. Ratsionalizatorlik takliflari: buyumning konstruktsiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi, material tarkibini o`zgartirish xaqida bo`lishi mumkin.
- Ilmiy-texnikaviy patentga oid ma`lumotlar: Patent hujjati - hujjatlar yig`indisi bo`lib, unga fan - texnika, konstruktorlik loyihalash ishlari, tan olingan kashfiyotlar, ixtirolar, ishlab chiqarish namunalari va shuningdek, ixtirochilar, kashfiyotchilar, huquqni himoya qilish to`g`risidagi ma`lumotlar va boshqalar kiradi.
- Texnik masalalarni echimini qidirish usullari: "Miya bilan ishg`ol qilish» metodidan keyin texnik masalalarni yechish V.D.Gardon tomonidan «Sinetika» nomi bilan taklif qilindi. Sinetikaning miya bilan ishg`ol qilish metodidan farqi shundaki, uning tarkibida 5-7 kishi doimiy qatnashadi.
- Dizayn tushunchasi va uning moxiyati: Dizayn - inglizcha so`z bo`lib, «zexnli, go`zal loyixa» oreginal aloxida taklif, degan ma`noni bildiradi. Dizayner - zexnli badiy konstruktorlik degani. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug`ullanadigan kishi pirovard maqsadiga- chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilishi lozim.
- Oddiy ob`ektni konstuktsiyalash va modellashtirish: Bolarlarning texnik ijodkorligini tashkil qilishda quyidagi shartlarni hisobga olish zarur: o`quv ijodiy tsikl ma`lum vaqtga singdirilishi. ijodiy faoliyat mazmuni o`quvchilarning bilim, mehnat ko`nikma va malakalarni saviyasiga mos kelishi kerak.